Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


ZOD HARFINING ZAMYuRONBO‘YLARINING ZIYoSI «G‘AROYIB»DIN


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

 
ZOD HARFINING ZAMYuRONBO‘YLARINING ZIYoSI «G‘AROYIB»DIN 
276 
Birovki amr xilofidin aylagay i’roz,
Agar ulus shahidur yo‘q aning kebi murtoz. 
Riyovu ujbu hasad daf’in et fano bilakim
Ketar bu doru ila muncha muxtalif amroz. 
Amalg‘a boqmaki bebahri fazl erur yakson,
Fuzayli Barmakiy o‘lsun, vagar Fuzayli Ayoz. 
Zamona ahlini bu korgoh aro bilgil,
Zurufkim to‘ladur anda muxtalif ag‘roz. 
Haloki nafs valiy nutqi bilki, rishtayi kufr
Kesar ishiga Ali zulfiqoridur miqroz. 
Zamona mushkungga kofur qotti, ko‘z ochqil
Ki, chun ko‘z ollidadur bo‘lmas aylamak ig‘moz. 
Savod jahlini yub, vaqt erurki uyg‘ansang
Ki, umr shomig‘a subhi ajal keturdi bayoz. 
Faqir yashurun ohig‘a boqmakim, o‘rtar
Jahonni garchi erur bu choqin ishi iymoz. 
Bo‘lur o‘lukka Navoiy hadisi jon bersa,
Nedinki fayz eshigin bog‘lamaydurur fayyoz. 
277 
Ichib ul sho‘x gul-gul qildi la’li nob ila oraz,
Meni mahzun nechukkim dam-badam xunob ila oraz. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
161
Magar siymobi ashkim qilg‘ali shingarfgun ul sho‘x
Qilur shingarfdin gulguna yub siymob ila oraz. 
Ham ul kun mehri iqbolimni shomi g‘am nihon qildi 
Kim, ul gul qildi pinhon sunbuli serob ila oraz. 
Quyoshning partavi birla agar ul yuzni teng tutsa,
Erur andoqki teng tutqay quyosh mahtob ila oraz. 
Magar zanjiri zulfung shomida motam nasibimdur
Ki, har soat xarosh aylarmen ul qullob ila oraz. 
Qoshi birla ishorat sajdaga aylar xush ul davlat
Ki, aylab sajda ravshan qilsam ul mehrob ila oraz. 
Dema qish sovug‘, ohimdin dururkim, chekti ul chobuk
Qoshi ustida kish burkin yopib sinjob ila oraz. 
Talab yo‘linda yuz qo‘y har eshik tufrog‘ig‘a, ya’ni
Bir ahli din oyog‘ig‘a yetur har bob ila oraz. 
Navoiy orazi sarg‘ardi g‘am yeb bexud o‘lmog‘din,
Nechuk sarg‘armag‘ay bu nav’ xo‘rdu xob ila oraz. 
275 
Jong‘a zulfung tobidin ul la’li xandondur g‘araz,
Xizrg‘a zulmat tilardin obi hayvondur g‘araz. 
Shavq o‘tig‘a urmasam su kuydurur ko‘nglumni pok,
Istagandin o‘qlaring ko‘nglumga paykondur g‘araz. 
Nevchun, ey hijron, azob aylarsen onsiz jonima,
Istagilkim, topshuray gar xud sanga jondur g‘araz. 
Yuz tugan qo‘ydum, emas qoni’ keting jonu ko‘ngul,
Go‘yiyo ul bevafog‘a dog‘i hijrondir g‘araz. 
Ol etar bo‘lsang kafingni dahshat etma, tiyg‘ sur,
Men bihilmen gar sanga bu bir ovuch qondur g‘araz. 
Olamu odam fidong o‘lsunki borsen, ey habib,
Sen g‘araz insondin ar, olamdin insondur g‘araz. 
Ey Navoiy, voqif o‘l holingg‘akim yor ollida
Bas farovondur g‘arazgo‘ asru parrondur g‘araz. 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling