Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar
www.ziyouz.com kutubxonasi
158
Ovuch qoqarmen o‘z ahvolima tahayyurdin,
Ramida ko‘nglum erur bu usul ila raqqos.
Desang, bu yo‘lda o‘lay, nafsni burun o‘ltur
Ki, ishq shar’ida go‘yo bu nav’ keldi qisos.
Rizo yo‘lida
Navoiy borur qayon cheksang,
Chu ishq bog‘ladi bo‘ynig‘a rishtayi ixlos.
272
Gulruxum yodi bila ko‘nglum erur gulga haris
Kim, berur Yusuf isi qon aro yuz pora qamis.
Lutf vaqtida
ul oy ollida eldur maxsus,
Vahki, bedod qilurda meni aylar taxsis.
Ey ajal, kelmak emish boshima ul umr manga
Rahm qil joning uchun berma zamone tanqis.
Boda ko‘nglumni xalos ayladi davron g‘amidin,
Go‘yiy ul o‘t bila bu qalbg‘a bo‘ldi taxlis.
Ishqim aylar seni qon to‘kkali har dam targ‘ib,
Husnung aylar meni jon bergali har dam tahris.
Band etiptur jadal
ahli ishin ashkol andoq
Kim, ne «Miftoh» anga sud qilur, ne «Talxis».
Vasl hirmoni Navoiyg‘a
emas hech ajab,
Chunki mahrum bo‘lur har kishikim, bo‘lsa haris.
273
Jon yetib og‘zimg‘a
topmon dardi hijrondin xalos,
Jonni hijrondin xalos et yo meni jondin xalos.
Andoq ochti sunbulin gul uzra yelkim, bo‘lmag‘ay
Bir ko‘ngul olamda ul zulfi parishondin xalos.
Dema, nolangdin o‘char
har shom eldin uyqukim,
Tunning ul boshida el ermas bu afg‘ondin xalos.
Garchi yer topting ko‘ngulda vahm et ohu ashkdin
Kim, kirib vayrong‘a bo‘lmas kimsa to‘fondin xalos.
Yog‘sa majnun ko‘nglum uzra sho‘xlar
dardi ne tong,
Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar
Do'stlaringiz bilan baham: