Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
G‘AYN HARFINING G‘IZOLALARINING G‘AVG‘OSI «G‘AROYIB»DIN
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
G‘AYN HARFINING G‘IZOLALARINING G‘AVG‘OSI «G‘AROYIB»DIN
295 Mehrsizlikdin falak el qatlin aylar bedarig‘, Yo‘qsa nevchun dafn etar har kun quyoshtin yerga tiyg‘. Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 171 Tiyg‘i zulmi zaxmidin har shom andoqkim shafaq Qonu tufrog‘ ichradur xurshidorazlar darig‘. Kun emas, olam ko‘ziga muntashir aylar bayoz, Tun emas, balkim chekar xurshid ruxsorig‘a mig‘. Kimgakim, do‘lobi charxidek solur sargashtalik, Bo‘g‘zin ip birla bo‘g‘ar qilg‘an soyi faryodu jig‘. Nechakim yig‘sa o‘zin, shahlar boshi uzra chekar Chatrdek kimni sarafroz aylamaklik qilsa big‘. Go‘yiyo ani sabab qildi musabbib ne uchun Kim, anga bu qilmog‘idin ne ziyondur, ne osig‘. Ey Navoiy, bil nekim bo‘lg‘anni haq taqdiridin, Mundin o‘zga amrdin ko‘ngulni uz, ilgingni yig‘. 296 Zaif tanda g‘amingdin yuz eski bo‘lg‘an dog‘, Har eski dog‘ bu shox uzra bir quruq yafrog‘. Yuzungga husn fuzun bo‘ldi nil ziynatidin, Magarki yorudi gugird o‘tidin bu charog‘. Qading chu ayladi gulgasht, sarvu gul demakim, Bo‘yaldi qong‘a aliflar kesib g‘amingdin bog‘. Sochi asirimen o‘pmay hanuz xolin, vah Ki, donag‘a og‘iz urmay nasibim o‘ldi tuzog‘. Iloj silsilayi zulfidur jununumg‘a, Agarchi mushk isidin emganur zaif dimog‘. Chu bo‘lsa g‘ayr hujumi visol mumkin emas, Shuhud o‘lurmu xavotirdin o‘lmag‘uncha farog‘. Agar Navoiy iki nargising xayoli bila Marizu mast jahondin o‘tar, sen o‘lg‘il sog‘. 297 Soqiyo, hajr ilgidin ko‘p tortadurmen zorlig‘, May keturkim, maslahat ermas manga hushyorlig‘. Qasdim etmish hajru bexudlug‘ ilojimdur dame, Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 172 Mayg‘a afyun yor qil gar aylar ersang yorlig‘. Mast qil andoqki, bosh qo‘ysam magar bo‘lg‘ay manga Mahshar ahli yo rabu g‘avg‘osidin bedorlig‘. Chorasi yo bodadur, yo vasl, yo marg, ey tabib, Har kishikim topsa hijron dardidin bemorlig‘. Bar yegil, yo rab, hayoting bog‘idin, ey mug‘bacha Kim, mayli la’lingdin o‘ldi bizga barxurdorlig‘. Zuhd, ey soqiy, balo ermish, xush ul manxorakim, Ichkali jomi balo bo‘lmish ishi xammorlig‘. En Navoiy, zuhddin yuz qatla ortuq darbadar Bir safol ilgimda mug‘ ko‘yida qilsam zorlig‘. 298 Ul sumanbar qaddining sarvig‘a ko‘nglum bo‘ldi bog‘, Otashin gullar anga har yangg‘i qonlig‘ toza dog‘. Hajr aro ul sho‘x ko‘nglum sayd etar ruxsor ochib, Tifl oqshom qush tutarg‘a ravshan etkandek charog‘. Mujibi ko‘p yig‘lamoq ermish nazar pok o‘lmog‘i, Uylakim aylar suyin afzun oritmog‘din bulog‘. Ey hakim, olg‘il surohiy lo‘lasidin paxtakim, Sud erur qonin necha daf’ etsa mahrur dimog‘. G‘unchadin to chiqti gul, mast o‘ldi bulbul, soqiyo, May surohiydinki chiqmas dahrdin topman farog‘. Xattu xoli nuqtasi yuz choklik ko‘nglumdadur, Bir qafasda turfadur, vah-vah, ko‘rung to‘tiyu zog‘. Necha rangin ashk to‘ksam ko‘zda ul yuz naqshidur, Loladin o‘zga ne gul bergay, suyi qon bo‘lsa, bog‘. Yog‘mag‘uncha ashk daf’ o‘lmas ko‘nguldin tiyralik, Bu yog‘inni go‘yiyo deptur qazo ul o‘tqa yog‘. Faqr yo‘linda Navoiy aylagil boshtin qadam Kim, bu yo‘l qat’ida bosh qo‘ymoqdurur qo‘ymoq ayog‘. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling