Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
www.ziyouz.com kutubxonasi
150 Ishq asrorin eshitmaklikka moni’ bo‘ldi fash. Demakim, bir yaxshi so‘z birla Navoiy jonini Olsam, ul bo‘lg‘aymu roziy yaxshi so‘zga ne kengash. 257 To ko‘z bila ko‘nglumni ul g‘amza maqom etmish, Qonimni halol anglab, uyqumni harom etmish. Sarv o‘lmadi bog‘ ichra ohim yeli birlan xam, Boq ko‘z uchi birlankim, qaddingg‘a salom etmish. Hayvon suyidur shudrun, Iso damidur salqin, Bo‘ston sari jononim go‘yoki xirom etmish. Hajr o‘qlari zaxmidin jismim bila ashkimni Tutmoqqa balo saydin, g‘am donavu dom etmish. To oshiqu shaydomen qatlim qilur ul ko‘zlar, Majnung‘a kiyiklarni ishq ulfati rom etmish. Ma’shuq qilur jilva, har kimki aning ko‘nglin Dard o‘ti kuli birla ishq oyinafom etmish. Iskandaru jamliqdur ishqingda Navoiyg‘a Kim, raxshing izu na’lin ko‘zgu bila jom etmish. 258 Borg‘oningdin jon talashmoq erdi men mahzung‘a ish, Keldingu jonimni olding, ul borishqa bu kelish. Vasl oshiq jonidur men jon talashim hajr aro Hajr borib vasl yetkach, o‘lmak erur turfa ish. Tiyg‘i to ko‘ksumni yordi nola qilman za’fdin Rost andoqkim, qo‘yar afg‘onni chok o‘lg‘an qamish. Kiymamish ul sarv gulgun to‘nki, tong ermas bu rang, Naxlkim, ko‘z bog‘ida qon birla topti parvarish. E’tidoledur havoyiy ishq arokim, xush kechar Sovug‘ ohim birla yozu ko‘nglum o‘ti birla qish. Jismim uzra bor yangi butgan ko‘kumtul dog‘dek So‘zi hajringdinki urdum g‘ussadin har yerga nesh. Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 151 Kishu sinjobin ne tong gar kiysa muziy bozgun Kim, chiqarmishtur kishilikdin ani sinjobu kish. Tuz bul o‘qtek gar tilarsen avj, yokim, egridur, Davr har bir go‘shadin bo‘g‘zig‘a soliptur kerish. Ey Navoiy, har dam ul oy mehri ortar ko‘ngluma, Garchi yillardurkim, ul tarki muhabbat aylamish. 259 Orazin ko‘rdum, nihon ashk ayladi sirrimni fosh, Yashurun qolmas o‘g‘urluq uy arokim bo‘lsa yosh. Zulfi sarkashlik qilur har necha ul oy cheksa qad, Soya garchi qisqarur doyim biyik bo‘lg‘ach quyosh. Har sari mo‘ ul pariy hijronida bir yoradur, Baski atfoli junun boshim uza yog‘durdi tosh. Aylagil nolam xaroshidin hazar, ey siymbar Kim, bu suhon birla nogah topmag‘ay siyming xarosh. Ka’badur ko‘nglum uyi aylang tavof, ey dardu shavq, Anda mehrob o‘rnig‘a yer tutqali ul egma qosh. Dahr bog‘i ichra chun bir gulga yo‘q bo‘yi vafo, Qilmag‘ay erdi havo ko‘nglum qushi ul gulga kosh. Ey Navoiy, dayr aro tutsa ayog‘ ul mug‘bacha, No‘sh etib olma ayog‘idin aning o‘lguncha bosh. 260 Har kun oqshomg‘acha hajringda manga zorlig‘ ish, Kecha tong otqucha anduh ila bedorlig‘ ish. Ish vafo qilmoq erur, gar qila olsangki amas, Ey vafosiz, bu jahon ichra jafokorlig‘ ish. Ishq aro qochma ko‘ngul xoru zabunlug‘dinkim, Oshiq o‘lg‘ang‘a zabunluq bo‘luru xorlig‘ ish. Lutfu diljo‘lug‘ erur xo‘b pariyvashlarg‘a, Ey pariy, bilki, emas javru dilozorlig‘ ish, Taqvo ahlig‘a bilinsa edi charx avzo’i, Aylagaylar edi bu dayrda xammorlig‘ ish. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling