Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
148
Javhari ishqin olurg‘a xalq maxfiy naqdidek
Jon ichinda bir necha dog‘i nihonim bor emish. 
Yuz g‘amim bor erdi, mug‘ ko‘yiga kirgach bo‘ldi daf’,
Vahki, men g‘ofil ajab dor-ul-amonim bor emish. 
Derki, yolqibmen Navoiy unidin, vah, yaxshidur
Kim, tiriglikdin nishondek bir fig‘onim bor emish. 
253 
Vusma birla qoshin ul mahvashki rangin aylamish
Ko‘zi jallodi qilichig‘a yashil qin aylamish. 
Ko‘nglum o‘tin demakim, tortar zabona zulfidin
Kim, ul af’i til chiqarmog‘lig‘ni oyin aylamish. 
Sunbulung af’isidin zaxme yemish go‘yo tarog‘,
Yo‘qsa nevchun orazin boshtin-oyoq chin aylamish. 
Titraguchdin qilmish ul kirpik yasolig‘a alam,
Vah, yana to ne ko‘ngul yag‘mosig‘a kin aylamish. 
Uyladurkim, ilgini hinno uza qilmish nigor,
Ulki gulgun ko‘nglak uzra to‘nin epkin aylamish. 
Raz qizidin, soqiyo, birdam meni shod aylakim,
Charx zoli g‘ussasi ko‘nglumni g‘amgin aylamish. 
Gar Navoiyg‘a Sulaymon mulkicha bordur ne tong,
Buki Bilqisi zamon nazmini tahsin aylamish. 
254 
Ne abrashdurki, sekritmish yana maydong‘a ul mahvash,
Qizil, oq gul bila yeldin magar xalq o‘ldi ul abrash. 
Jahon maydonida to sho‘x chobuklar qilur javlon,
Kishi ko‘rmaydur andoq abrash uzra ul sifat mahvash. 
Emas abrash, sipehredur shafaqdin ko‘rguzub anjum,
Quyoshturki anga rokib, tong ermas gar erur sarkash. 
Nechuk o‘lmay ul abrash uzra ul mahvashni ko‘rgachkim,
Hamul abrash erur sarkash, hamul mahvash erur sarxush. 
Meni majnun yiqilsam ko‘rgach-o‘q, hayrat yeri ermas
Ki, aqli kulga har soat erur nazzorasidin g‘ash. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
149
Pariyvash raxsh uza sarxush pariy javlon qilur, netsun
Junun jomig‘a qilmay bodapolo ahli taqvo fash. 
Quyun yanglig‘ egarsa abrashin ul sho‘x, dam urman
Navoiydek, nedinkim ushbu so‘z bor asru ko‘p chirmash. 
255 
Ul sarv uzori guli serobdek ermish,
La’li labi gul uzra mayi nobdek ermish. 
Ko‘rdum qoshi aksini ko‘ngul ko‘zgusi ichra,
Bu qiblanamo, ul munga mehrobdek ermish. 
Ko‘rdum ko‘ngul ahvolini ko‘ksum to‘shugidin,
La’ling g‘amidin qatrayi xunobdek ermish. 
Husn anjumani ichra yuzin ko‘rmamish erdim,
Anjum aro xurshidi jahontobdek ermish. 
Devona ko‘ngul qaydi junundin ne qutulsun
Kim, har xami zulfung anga qullobdek ermish. 
Tut faqr etagin, atlasi zarbaft so‘zin qo‘y
Kim, ul dag‘i tan hifzida moshobdek ermish. 
Bir yo‘li Navoiyni yiroq solma nazardin
Kim, ul dag‘i bir kun sanga ahbobdek ermish. 
256 
Ne ajab gar bor esam devonavashlig‘ birla xush
Kim, ko‘ngul olg‘an pariyro‘yum erur devonavash. 
Man’ etarsiz hushi yo‘q ko‘nglumga la’li bodasin,
Ayting, ey hush ahli, kelgaymu bu so‘z usrukka xush. 
Sofi vasli bo‘lmasa gar barcha zahri hajridur,
Soqiyo, bir jur’a tutkim, oldi jonimni atash. 
Soldi ko‘nglumni g‘ami hijron gudozi ichra yor,
Go‘yiyokim ishq aro ul qalbda bor erdi g‘ash. 
Vah, ne yanglig‘ sog‘ o‘lay men telba bu holatdakim,
Ul pariy ham bordurur devonavash, ham jur’akash. 
Shayx boshig‘a balo erkandurur dastorkim,


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling