Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
593
Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 324 Yuz urma har taraf, ey sho‘xu zor qilma meni, Qaror tut nafase, beqaror qilma meni. Ko‘zumni sham’i jamoling furug‘i birla yorut, Tong otkucha kechalar ashkbor qilma meni. Xudoy uchun yana har sari bexabar borma, Fig‘onu nolada beixtiyor qilma meni. Tarahhum aylagil, ey ixtiyorsiz nola, Damo-dam el ichida sharmsor qilma meni. Hayot ranji, o‘lum yodi sa’b emish, soqiy, Bu dayr ichinda dame hushyor qilma meni. Men o‘zga, Vomiqu Farhod o‘zgadur, ey ishq, Tana’’um ahli aro e’tibor qilma meni. Qayonki borsang o‘larmen Navoiy yanglig‘ zor, Yuz urma har taraf, ey sho‘xu zor qilma meni. 594 Ey dudog‘ing sharbatida obi hayvon lazzati, Lazzate bo‘lg‘ay, nasibim bo‘lsa la’ling sharbati. Kechalar hajringda bexudmen, mening holimg‘adur Sham’ning gah kuymagi, gah nolasi, gah riqqati. Mehnati hajringda ishim oh ila faryod erur, Oh agar faryodima yetmas visoling davlati. Lablaringning hasrati ko‘nglumda bo‘lsa ne ajab, Shisha birla bodaning bir-birga ko‘ptur nisbati. Orazingg‘a, ey pariy, majnun ko‘ngulning mayli bor Telba yanglig‘kim, aning o‘t birla bo‘lg‘ay ulfati. Umr erur ishq ahlig‘a payki nasim, ey bog‘bon, Basdurur bu muddaog‘a shohid aning sur’ati. Yuzu xolingdin Navoiyning ko‘zidur qon aro Loladekkim, dog‘i bo‘lmish ko‘z qorasi hay’ati. 595 Nargisin gul uzrakim, bemor etar noz uyqusi, Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 325 Misli sho‘xedurki, sust etkay ani yoz uyqusi. Ko‘z ochib bexudlug‘umni ko‘rmasa yo‘qtur ajab Kim, manga baxt uyqusi bo‘lmish, anga noz uyqusi. Charxi soyir go‘yiyo oshiqdururkim, kechalar Bor aning ham men kebi ko‘p ashkiyu oz uyqusi, Bizni daf’ o‘lsun debon solmish o‘zini uyqug‘a, Zarqdin xoliy emastur ul fusunsoz uyqusi. Har tun aylar istimo’ el qissasin, vahkim, kelur, Menki o‘z holim desam, ul qissapardoz uyqusi. Ista komil xidmatin g‘aflatni raf’ aylay desang Bordur o‘zdin g‘oyib o‘lmoq zumrayi roz uyqusi. Ey Navoiy, ochma g‘amdin ko‘zki, sirrim qildi fosh, Yaxshiroq bedorlig‘idin buyla g‘ammoz uyqusi. 596 Tanuredur ichim, go‘yo qizitqan ishq o‘ti ani, Yopishturg‘an kabob o‘rni anga har dog‘i pinhoniy. Qizil raglar emas ko‘z ichrakim, ko‘z mardumin g‘amzang Aningdek nishlar urdiki, oqmish har taraf qoni. Erur qadding xayoli gah ko‘ngul, gah ko‘zda go‘yokim, Budur ul jo‘yboru bog‘ning sarvi xiromoni. Tariqi ishq aro ko‘nglumdadur har dam g‘ame ul uy Ajab yo‘l uzradurkim, o‘ksumas bir lahza mehmoni. G‘amim shomin yorutti qadding ul yuz shu’lasi birla, Netar kunduzni ulkim, buyladur sham’i shabistoni. Yonar o‘tlug‘ ko‘ngulda otashin la’ling firoqidin, Qiziq har la’lgun paykon erur bir la’li paykoniy. Xati rayhoni ichra bodayi la’lin xayol aylab, Uchar har lahza ruhum, soqiyo, tut rohi rayhoniy. Munungdekkim, yiroqdur ka’bai maqsad hamonokim, Erur manzilg‘a yetmasdin jarasning tinmay afg‘oni. Navoiy davlati boqiy tilar bo‘lsang yaqin bilkim, Erur solikka mushkil topmoq ani bo‘lmayin foniy. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling