Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
340
626 
Donayi xoli uzra ko‘r sabzayi xat nishonasi,
Donayi xol emas erur mehr giyoh donasi. 
O‘rtanurumni ishqida bilmagan, et nazzorakim,
Tildur aning bayonig‘a ko‘nglum o‘ti zabonasi. 
Qatlima bas bahonakim, qildi bahona qolmamish,
Emdi bahona uzrini qo‘lmoq erur bahonasi. 
Tiyra firoq tunlari sharhini ayt demakim,
Ming kecha deb tuganmagay bir kechaning fasonasi. 
Istama ishq bahrining sohilin, eyki g‘arqasen
Bir-biriga yetishti chun to‘sh-to‘shidin karonasi. 
Tavsan edi ko‘ngul mayi ishqini tortqan zamon,
Ko‘rki, ne rom etibdurur emdi ani zamonasi. 
Boshimu dayr pirining dargahi chun tushupturur
Vahm, taaqqul aylamas vaz’ ila korxonasi. 
Fikri bu korxonani qilg‘ay edi halok, agar
Bo‘lmasa aql zoyili jomi mayi mug‘onasi. 
Baski, Navoiy ayladi dard surudida navo,
Ahli tarabni yig‘latur majlisining taronasi. 
627 
Ishq ahli go‘ristonida qabrim chu zohir bo‘lg‘usi,
Farhod aning toshin yo‘nub, Majnun mujovir bo‘lg‘usi. 
Dersen, yuzum sori ko‘zung ko‘p boqmasun gar yuz budur,
Ul mehr tobidin erib, oqquncha nozir bo‘lg‘usi. 
G‘amzangdin o‘lturmak ishin ta’lim ola kelmish ajal,
Bu nav’ ustod o‘lsa, ul oz chog‘da mohir bo‘lg‘usi. 
Xatti g‘uborin demakim, bo‘lg‘usi ul yuz monii,
Tun pardasi oy nurig‘a ne nav’ sotir bo‘lg‘usi. 
Ul g‘amza kufridin ko‘ngul nav’e kelur islomg‘a
Kim, tarki islom aylabon go‘yoki kofir bo‘lg‘usi. 
Bo‘lg‘usi mutlaq shu’lalar ichra samandar sayridek,
Sensiz ko‘ngul gulzor aro ul damki, soyir bo‘lg‘usi. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
341
Ko‘nglumdagi har nishdin gar bo‘lsa bir til, har biri
Yuz til bila o‘z holining sharhida qosir bo‘lg‘usi. 
Xotirni jam’ istar esang avval xavotir daf’in et,
Kimda xavotir bo‘lmasa osudaxotir bo‘lg‘usi. 
Qildi Navoiy qaddingga sarvi sihiy tashbihini,
Bu tab’i nomavzun bila bechora shoir bo‘lg‘usi. 
628 
Butmadi gulshan tavofi birla bag‘rim yorasi,
Bermadi o‘tumg‘a taskin sarvu gul nazzorasi, 
Bir zamone sarvu bir dam gulga ko‘p qildim nazar,
Bo‘lmadi ul sarvi gulrux furqatining chorasi. 
Gul bila sarv istabon gulshan sari mayl aylamas
Dashtdin ul sarvi gulruxsoraning ovorasi. 
Qaddi hajrida har ohim dudi sarvedur baland,
Yuzidin ayru guledur ko‘kragim har porasi. 
Sarvu gul maftuni bo‘lmakim, nigoru zeb uchun,
Sindurub har dam uzar ani falak makkorasi. 
Sarv o‘qdur, gul tikan, bog‘ ichra to ko‘z ollidin
Borg‘ali ul sarvi gulruxning qadu ruxsorasi. 
Ey Navoiy, sarvu guldin kechki, qaddu yuzidin
Bor emish yuz yilchilig‘ yo‘l sarv ila gul orasi. 
629 
G‘am chekar jismu ko‘ngulni kulbayi ahzon sari,
Xasqa o‘t solib gado eltur kebi vayron sari. 
Hirz qolqoni, duo dir’i nedur, ey porso,
Chun balo toshi yog‘ar men telbayi uryon sari. 
Yor istar hajru ayni vasl erurkim, ko‘ngluma
Bo‘ldi mayl aning rizosin istabon hijron sari. 
Sabza nishtar, barg paykon, gul o‘t erdi jonima
Har qachonkim, sensizin azm ayladim bo‘ston sari. 
Ne futur islom aro tushkayki, ul kofir yana


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling