Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
www.ziyouz.com kutubxonasi
334 Beli g‘amida xayol o‘ldum ohu afg‘ondin, Bu mo‘ya mo‘y etib, ul nola nol qildi meni. Kup og‘zima quyu qo‘y adl jomin, ey mug‘kim, Qazo bu shevada bee’tidol qildi meni. Navoiy, anglaki, jurmumcha yuz umidim bor, Faqiri zohid o‘zidek xayol qildi meni. 614 Xarob aylading, ey ishq, xonumonimni, Tasavvur aylaki, o‘ldum, bag‘ishla jonimni. Magarki, ishq malomat o‘tin yorutmoq uchun Qurutti uylaki xas jismi notavonimni. Bu turfa ko‘rki, fuzun bo‘ldi la’lgun ashkim, Agarchi shu’layi ishqing qurutti qonimni. Fig‘onki, o‘ldumu ko‘yida xalq g‘avg‘osi Aning qulog‘ig‘a yetkurmadi fig‘onimni. Bugun tanimg‘a nishon ul hayotdin kelibon Ki, tongla topmag‘asen istabon nishonimni. Chu ishq oyatida savtu harf yo‘l topmas, Kamoli ishq iturmish magar bayonimni. 615 Dedimki, ko‘zga chekay gardi rahnavardingni, Fig‘onki, topmadi ko‘z to‘tiyog‘a gardingni. Magar zamona ko‘zi surma istar erkandur Ki, gard qolmadi surganda rahnavardingni. Firoqu orzuvu shavq har biri bir dard, Desamki, darding etay sharh qaysi dardingni. Safarda yomg‘uru yel bo‘lmasun muzohim anga, Ko‘z, asra ashku, ko‘ngul, chekma ohi sardingni. To‘shab samandig‘a farsh, ey zamona, o‘tkarding Sipehru axtaridin sabza birla vardingni. Ko‘k ablaqin egarib, ey quyosh, sinon tortib, Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 335 Magar bu zarrag‘a qilding ayon nabardingni. Navoiy, emdi nishot avji tutki, gardishi charx Keturdi mohi falaksayri tezgardingni. 616 Qo‘zg‘adi ohim so‘ngak birla tani g‘amnokni, Yel sovurdi bir ovuch tufrog‘ ila xoshokni. Demagil sihhat so‘zinkim, ko‘ksum uzra tiyg‘i ishq Aylar ikki chok, tikmasdin burun bir chokni. Buki olamg‘a havodis tushti, go‘yo qo‘zg‘amish Ul quyosh hajrida ohim anjumu aflokni. Men xud ettim azmi masjid, ey musulmonlar, valek Bok emas gar ko‘rmasam ul kofiri bebokni. Qildi chun hijron meni nobud tutma jomi vasl, Zahr chun o‘lturdi zoyi’ qilmag‘il taryokni. Qaddidin og‘zimda hayrat barmog‘idur, zohido, O‘tqa sol emdi aso, boshingga ur misvokni. G‘ayri lof ermas Navoiy pokravliqdin hadis, Topmayin bir g‘ayr naqshidin zamiri pokni. 617 Ishqing ichra ko‘ksuma oncha junun toshin uray Kim, xiradning shavkatin, taqvo shukuhin sinduray. Qilsa tavsanlig‘ ko‘ngul tortib junun zanjirig‘a, Hajr zindonida ishqing shahnasig‘a topshuray. Ul pariy ko‘zdin chu maxfiydur hamesha, vah, necha Istab ani topmasa, majnun ko‘ngulni yozg‘uray. G‘am tuni anjum ko‘zi yanglig‘ yumulmas ko‘z bila, Vah, necha gohe yuray, gohe turay, goh o‘lturay. Chun ne taqdir o‘lsa tag‘yir o‘lmas ermish sa’y ila, Qayg‘u qismim bo‘ldi deb ortuqsi nevchun qayg‘uray. Ul quyoshqa zarrae ta’sir uchun yo‘qtur, ne sud Gar to‘quz aflokni ohim o‘tidin kuyduray. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling