Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
www.ziyouz.com kutubxonasi
332 Oh o‘qlarig‘a bir necha paykon kerak erdi. Qabrimg‘a xirom ettingu yo‘q tuhfae, vahkim, Bu xas kebi jon ichra bugun jon kerak erdi. Xush ziynati ko‘p nomadurur umr, valekin Tavqi’i vafodin anga unvon kerak erdi. Bilmay seni ul gul qovar, ey zor Navoiy, Sendek anga bir bulbuli nolon kerak erdi. 610 Bo‘ldi iyd, ul turki chobuk azmi maydon qilg‘usi, Vahki, el bexudlug‘i jonimni qurbon qilg‘usi. Barqi ofat bo‘lg‘usi har shu’laekim ayrilur, Markabi tuynog‘idin ul damki javlon qilg‘usi. O‘q hunilab o‘t yolindek har tarafkim qo‘ysa yuz, Yuz ko‘ngulni kuydurub, yuz jonni vayron qilg‘usi. Oshkoro jon olib har yon qilur mashg‘ul o‘zin, Elni bilmas deb yigit o‘zini nodon qilg‘usi. Sham’ emas ko‘z ochtilar nazzorag‘a ahli qubur Kim, ul oy iyd oqshomi sayri xiyobon qilg‘usi. Subh maydon azmi qilg‘ach, vahki, yo‘q yolg‘uz meni Olam ahlin iydi ruxsorig‘a hayron qilg‘usi. Iydgoh ahli hujumi birla, ey shah, qilma kibr Kim, falak bu jam’ni holi parishon qilg‘usi. Ey Navoiy, rashkdin o‘ldumki, ul qotil bugun Har taraf bu shakl ila yuzlansa yuz qon qilg‘usi. 611 Yor ila bir xilvat istarmenki, ag‘yor o‘lmag‘ay, Balki ul xilvatning atrofida dayyor o‘lmag‘ay. Ko‘zga ko‘nglum dardidin yig‘larg‘a imkon qolmag‘ay Tilga dardim sharhini aylarga guftor o‘lmag‘ay. Eldin andoq yoshurun istarmen ul xilvatnikim, Ko‘nglum andin voqifu jonim xabardor o‘lmag‘ay. Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 333 Yor budi ichra nobud o‘lg‘amenkim, o‘rtada O‘zgalikdin demakim, o‘zlukdin osor o‘lmag‘ay. Buki, derlar bordurur devor keynida quloq, Ul fazo davrida ko‘z yetguncha devor o‘lmag‘ay. Maxfiy asrorimg‘a bo‘lg‘ay yor lafzidin ado, Yordin ayru valekin sohibi asror o‘lmag‘ay. Ey Navoiy, qilma har yor ollida sirringni fosh, Bormudur imkonikim, ul yorg‘a yor o‘lmag‘ay. 612 Yana balo choqinin ishq telba jonima urdi, Fano quyuni yetibon kulumni ko‘kka sovurdi. Magarki, men kebi eldin qocharni ayladi varzish, Kiyiklar ichraki, Majnun tamomi umr yugurdi. Men archi ko‘yida o‘ldum qovungki, telbarar oxir, Churuk so‘ngakni tanimdin uzub, ne itki, ko‘murdi. G‘aming qo‘yub tugan uzra tugan bu makr ila ko‘rkim, Tanimda har tugan ichra necha tuganni yoshurdi. Ko‘ngulda gar o‘qung itmish yana bir o‘q dag‘i otkim, Bu nav’ topsa bo‘lur har kishiki, bir o‘q iturdi. Dam urmayu qadah ichkilki, telba bo‘lmasa voiz, Nedin edi urunub, qichqiribki, og‘zi ko‘purdi. Firoq dog‘ig‘a mash’al fatilasi keturungkim, Navoiy og‘zini chun kupka qo‘ydi, pok sumurdi. 613 Labing takallum etib, so‘zda lol qildi meni, Ochildi zulfungu oshuftahol qildi meni. Yuzi ko‘rundi, oching emdi zulfi silsilasin Ki, ul pariy yana majnunmisol qildi meni. Oyog‘in o‘pkali boshim yo‘lig‘a yetkurdum, Fig‘onki, zulfi kebi poymol qildi meni. Qoshi xayolida payvasta baski, chektim ranj, Falak bu g‘amda nechukkim, hilol qildi meni. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling