Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
www.ziyouz.com kutubxonasi
348 Vafoni, ey vafosiz, elga ko‘rguzsang karam aylab, Jafokash jonima bore musallam tut jafolarni. Aningdek hushdin begonamenkim, toniy olmaslar Meni ham oshnolar uylakim, men oshnolarni. Qilurg‘a zulm ishq ahlini aylar jam’ ul zolim, Nechukkim, shoh ehson qilg‘ali yig‘qay gadolarni. Agar yuz chok qildim ko‘nglakimni ham yomon ermas, Firoqing tiyg‘idin jismimda bog‘larg‘a yarolarni. Erur muhlik jahon shug‘li may ichkim, qutqarur har dam O‘kush vobastalig‘lardin bizingdek mubtalolarni. Qiyomat dashti bo‘lg‘ay tiyra do‘zax sari yuzlansam, Xito xoni sipah chekkan kebi boshlab xitolarni. Agar ushshoqingga bazm ichra yo‘l bersang Navoiydek, Birar sog‘ar bila ham yod qil biz benavolarni. 642 Navbahor o‘ldiyu ayshim gulbuni ochilmadi, Kom ila bir g‘unchasi balkim tabassum qilmadi. Vasl jomidin ulus mast o‘ldilar, yuz voykim, Bir qadah birla xumori furqatim yozilmadi. El ko‘zin yorutti barqi vasl, hijron kojidin Qaysi o‘tlarkim, ko‘zumga barqdek choqilmadi. Vasl gulzori aro el mastu hijron dashtida, Qolmadi erkin tikankim, bag‘rima sanchilmadi. Lolalar ko‘nglumga qonlig‘ dog‘lardur navbahor Kim, vatang‘a lolaruxsorim azimat qilmadi. Furqatim sa’b erkanin ishq ahli ichra bilmagay, Yorig‘a ulkim, qo‘shulmoqdin burun ayrilmadi. Qayda bag‘rim choki muhlik erkanin fahm aylagay, Ulki, hijron tiyg‘i zahroludi bag‘rin tilmadi. Chun o‘larmen sirri ishqim mahfi o‘lg‘an yaxshiroq, Bilmasun el ham chu hajri jonim olg‘an bilmadi. Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 349 Bir junun o‘ti aro tushmish Navoiy telbakim, Bo‘ldi kuymakdin xalos ulkim, anga qotilmadi. 643 Ko‘zum tortar hamono yor kelgay, Solur ko‘nglum magar dildor kelgay. Quchushtum sarv birla tushta, go‘yo Buyon ul qaddi xush raftor kelgay. Chu sen bording, ko‘ngul ham ketmish erdi, Chu kelding, ul dag‘i nochor kelgay. Qachonkim ul pariypaykarni ko‘rsa, Ko‘ngul ul sari majnunvor kelgay. Meni ul ko‘ydin qovmangki, bulbul Guliston jonibi bisyor kelgay. Ko‘ngul bu qatla borsa xonaqahdin, Muqimi kulbayi xammor kelgan. Ko‘ngulni bir ko‘z oldi, vah, ne bildim Kim, ul sog‘ borg‘ayu bemor kelgay. Ko‘ngul jon oldurub keldi qoshingdin, Ne bildim buyla minnatdor kelgay. Navoiy borsa ul yon shod borg‘ay, Vale kelsa, topib ozor kelgay. 644 Evrulay boshingg‘au behushu hayroning bo‘lay, Bir zamon sadqang bo‘lay, bir lahza qurboning bo‘lay. Xoni vaslingdin agar qovsa raqibing, rag‘mig‘a Ko‘nglum istardek taxayyul birla mehmoning bo‘lay. Netti jon topsam visolingdin labingning xolidek, Ko‘zu zulfungdin necha mastu parishoning bo‘lay. Xushturur vasling mayidin har taraf xirqamda dog‘, Necha, jono, mubtaloyi dog‘i hijroning bo‘lay? Garchi bandangmen, meni ozod qilma lutfdin Kim, quyundek sadqayi sarvi xiromoning bo‘lay. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling