Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
346
Sharbati vasl o‘lmag‘uncha daf’ furqat dardini. 
Anglag‘ay do‘zaxda bor issig‘-sovug‘ birla azob,
Hajr aro kim ko‘rsa o‘tlug‘ ko‘nglum ohi sardini. 
Anjumi ashkin to‘kar tong otqucha mendek sipehr,
Yo‘qlamish ul ham magar bir mehri olamgardini. 
Ey ko‘ngul, vasl istasang bexud bo‘lub g‘am yemakim,
Kom topmas kimsa qilmay tark xobu xo‘rdini. 
Yor agar hijron aro soldi Navoiyni yiroq,
Bok emastur vasl ila gar qilsa boz ovardini. 
638 
Junun vodiysig‘a moyil ko‘rarmen joni zorimni,
Tilarmen bir yo‘li buzmoq buzulg‘an ro‘zgorimni. 
Falak bedodidin garchi meni xokiy g‘ubor o‘ldum,
Tilarmen topmag‘aylar to‘tiyolig‘qa g‘uborimni. 
Shak ermas partave tushkach uyi ham, raxti ham kuymak,
Chu go‘riston gadoyi sermagay sham’i mazorimni. 
Demang qay sori azm etkung, manga yo‘q ixtiyor, oxir
Qazo ilgiga bermishmen inoni ixtiyorimni. 
Tugandi ashki gulgun, emdi qolmish za’faroniy yuz,
Falak zulmi badal qildi xazon birla bahorimni. 
Diyorim ahli birla yordin boshimg‘a yuz mehnat,
Ne tong boshim olib ketsam qo‘yub yoru diyorimnn. 
Yomon holimg‘a bag‘ri og‘rig‘ay har kimsakim, ko‘rgay 
Bag‘ir pargolasidin qong‘a bulg‘ang‘an uzorimni. 
Hayotim bodasidin sargaronmen asru, ey soqiy,
Qadahqa zahri qotil quy, dag‘i daf’ et xumorimni. 
Jahon tarkini qilmay, chunki tinmoq mumkin ermastur.
Navoiy, qil meni ozod o‘rtab yo‘qu borimni. 
639 
Ko‘zi hajri meni bemor etti,
Qora og‘riqqa giriftor etti. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
347
Juzv-juzvimg‘a tikib mujgoning
Ruhum ajzosini afgor etti. 
Subh gul safhalaridin bulbul
Orazing vasfini takror etti. 
Labing anfosidin erdiki, Masih
O‘lug ihyosida izhor etti. 
Zarrayi mehri jamoling Yusuf
Topibon olam elin zor etti. 
Ayladi zuhdu riyog‘a iqror
Kishikim, ishqdin inkor etti. 
Dahrdin topti Navoiy chu malol,
Maskanin kulbayi xammor etti. 
640 
Ey uzoring ollida sharmanda mehri xovariy,
Yo‘qsa nevchun yoshunur har kecha andoqkim pariy. 
Qomatingdin azmi sahro qildi gulshandin tazarv,
Tog‘ sari uylakim faryod etib kabki dariy. 
Gulshani husnungg‘a ziynat berdi terdin qatralar
Kim, ko‘rubtur bo‘yla gulbarg uzra shabnam gavhari. 
Hajr so‘zi za’flig‘ jismim aro bo‘lmish nihon,
Bas ajabdur bir ovuch xas ichra do‘zax axgari. 
Safhayi husnungda haq sirrin ko‘rar ko‘nglum ayon,
Tong emas bulbulg‘a mushaf o‘rnida gul daftari. 
Yor bazmida visol ahli chekar jomi murod,
Davr chun hajr ahlig‘a qism etti mehnat sog‘ari. 
Ey Navoiy, yor zulmig‘a ne chora, g‘ayri sabr,
Kimsa netkay sabr qilmay zolim o‘lsa dilbari. 
641 
Chu ishq ilgi zabun aylar dilovar podsholarni,
Taaqqul aylagilkim, naylagay bedil gadolarni. 
Dalil aytay erurlar deb pariyzodu malaksiymo,
Desamkim, odamiy sonida ermas bevafolarni. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling