Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


  Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar  www.ziyouz.com


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

622 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
338
Qilsa kul jismimni o‘rtab otashin oraz guli,
Har ovuch kul dahr bo‘stonida bo‘lg‘ay bulbule. 
Xattu ruxsorin tilab g‘am shomi cheksam o‘tluq oh,
Har sharardin ko‘k shabistonida ochilg‘ay gule. 
Zulfi savdosida o‘lsam tortqay qabrimda bosh
Har giyahdin xo‘shae, har xo‘sha bo‘lg‘ay sunbule. 
Tushta ayshim subhig‘a kirdi balo shomi magar,
Qasdima sho‘xe uzori uzra ochmish kokule. 
La’li ruhafzosini ko‘rsun biravkim, ko‘rmamish,
Ruhoshom aylabon sarmast bo‘lg‘udek mule. 
May nihon ichsam kerak og‘zim qo‘yub kup og‘ziga.
Kim, tugatsam chiqmag‘ay andin sadoyi qulquli. 
Ey Navoiy, istasang bo‘lmoq zamiring lavhi pok,
May suyin kelturkim, ani g‘ayr naqshidin yuli. 
623 
Orazing zar huqqalardin, ey malohat mash’ali,
Mushafedur lojuvardu oltun aning jadvali. 
Turfa oedur uzoring, ko‘k anga moviy libos,
Anjum aning tanga-tanga basma qilg‘an zarhali. 
Har nafas ortar jamolingning safosi ko‘zgudin,
Ko‘zguning andoqki kuldin bo‘lg‘ay afzun sayqali. 
Bir pariydur lolazor ichra sarig‘ gullar aro
Yo ul oy egnidadur zarbaft gulgun maxmali. 
Husni atrofida, ey mashshota, har yon qo‘yma xol
Kim, Xo‘tan mulkida hindularning o‘lmas madxali. 
Nav arusi dahr aqdin istama, ko‘pkim arus
Oxiri ifrit o‘lur, garchi pariydur avvali. 
Ey Navoiy, vusma birla kesmadin topqan fireb,
Gar malakdurkim, bo‘lur shaytonsifatlar mahzali. 
624 
Kamand uchig‘a yetkurmas g‘amu andesha ayyori, 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
339
Biyik chekmish magar mayxona tomin sun’ me’mori. 
Xumorim za’fida kahgil isi to yetti mast o‘ldum,
Suvalmishdur magar may loyidin mayxona devori. 
To‘la kup og‘zi may xurshididur, go‘yo teng ochilmish
Chekarda bu iki xurshid davrin sun’ pargori. 
May ichmish xonaqah shayxi, harobat ahli, aysh aylang
Ki, chiqmish baxya urg‘an xirqasidin mablag‘i kori. 
Ko‘rungan mosivo budi emas balkim namudedur
May ustida hubobu mavj shaklining namudori. 
Hubobu mavj may tahrikidin zohir bo‘lur, lekin
Sukun topqach vujudi maydin o‘zga qaydadur bori. 
Quyosh aksimudur hayvon suyida yo ko‘runmishdur
Ravonoso may ichra soqiyi gulchehra ruxsori. 
Fano dayrin ko‘ngul istarki, bir-bir piri dayr elga 
Tutarda boda shoyad jur’ae sung‘ay bizing sori. 
Navosidin fano chun hosil o‘ldi qilg‘asen, ey ishq,
Navoiy rishtayi jonin mug‘anniy udining tori. 
625 
Emas bog‘ ichra sarig‘ lola zanbaq bilki, har sori
Yangi dog‘ o‘rtab ul gul ishqidin sarg‘ardi ruxsori. 
Bu humrat birla ermas otashin gul, oq gul erdikim,
Yuzung barqidin o‘t tushti angakim, bo‘ldi gulnoriy. 
Qading ollida bo‘lg‘an jilvagar oq savsan anglakim,
Ko‘k etti barcha a’zosin sabo kojining ozori. 
Shajar yafrog‘lari o‘qdek qadingning hajrida bordur
Boshog‘larkim, chaman ashki namidin bo‘ldi zangoriy. 
Dema kunduz, qarong‘u tun edi, chun pardadin chiqting,
Jahonni qildi kunduzdek yuzung mehrining anvori. 
Desamkim, haqdurur mavjudu ashyo har nedur nobud,
Hubobu mavji bahr uzra erur aning namudori. 
Navoiyning aqiq ashki ol erdiki, tutmish rang,
Suhayli orazing go‘yoki qilmish lam’a izhori. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling