Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
www.ziyouz.com kutubxonasi
344 Vahki, ishrat jilvagohi g‘ayri gulxan bo‘lmadi. Oh o‘tidin xirqani pok o‘rtakim, har bulhavas Zarq ashkidin etak yub pok doman bo‘lmadi. Lofi ishq urg‘an ko‘ngul g‘am do‘zaxidin qochmasun Kim, samandarg‘a yolindin o‘zga maskan bo‘lmadi. Ey Navoiy, kimni sevsang qilma zohirkim, sanga Kimdururkim, do‘stlug‘ fahm etti, dushman bo‘lmadi. 634 May xalos etti riyoyiy porsolig‘din meni, Shukrkim, qutqardi zuhdu xudnamolig‘din meni. Bo‘ldi nobud o‘zlugum, yuz shukrkim, qildi xalos Har zamon bu korgahda behayolig‘din meni. Dahr zolin to‘rt mazhab birla qildim uch taloq, Fard qildi boriy mundoq kadxudoliqdin meni. Bo‘ldilar begona ahli zuhd xush davlat bukim, Qildi man’ ul qavm birla oshnolig‘din meni. Orazimdin g‘ussa kojining savodin qildi ol, Shukrkim, qutqardi mundoh yuzqarolig‘din meni. Bandamen soqiyg‘akim, bir jomi molomol ila Ayladi ozod yuz ming mubtalolig‘din meni. Tavba ahli yorumang mundoqki mahrum ettingiz Dayr ichinda mastu loya’qil gadolig‘din meni. Dushmanimsiz do‘stlarkim, qovdingiz aylab hujum, Benavolig‘ kishvarida podsholig‘din meni. Ey Navoiy, ham magar, yo mug‘bacha, yo piri dayr Sindurub tavbam chiqarg‘ay benavolig‘din meni. 635 Yuzidin o‘lmasa, yo rab, ravo ko‘zum tilagi, Tazallumum iligidur adolating etagi. Ko‘ngulda furqat o‘qi birkishibdur andoqkim Kishi chekarda gumon aylagay aning so‘ngagi. Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 345 Chamanda g‘uncha emaskim, bo‘lushur ul gul uchun Fig‘onim onchaki, qon bog‘lanipturur yuragi. Chechak nechukki, yopar ko‘zni tiyra aylaptur, Ko‘zum bahorini gulgun sirishkning chechagi. Labi xayolida bag‘rim shikofini tiksam, Alifdin igna qilur, jonu rishtadin ipagi. Xazon chamang‘a shabixun kelurga bo‘ldi dalil Sanavbar ushbu chamandin kanora aylamagi. Ne ko‘nglini buzadur dardu g‘am Navoiyning, Chu ul pariyduru bas ushbu telba ko‘nglidagi. 636 Kecha hajringda tiriklikdin malolim bor edi, Tongg‘a tegru ayta olmankim, ne holim bor edi. Furqating bedodidin yo‘q erdi bir soat majol, Bo‘lsa dag‘i yig‘lar erdim to majolim bor edi. Tosh urub ko‘ksumga, tufrog‘lar boshimg‘a sovurub, Lek bu vaqte edikim, e’tidolim bor edi. Kelsam o‘z holimg‘a nogah bu malomatlar aro, Goh o‘zumdin, gah ulusdin infiolim bor edi. Vasl umidi kirmasa jonim arosig‘a gahe, Qayda jon elturga bore ehtimolim bor edi. Vasl tarkidin agarchi mujrim o‘ldum, vah, qachon, Hajrni bu nav’ sa’b erkon xayolim bor edi. Ey Navoiy, furqatim ayyomi mundoq qolmag‘ay, Qolmadi chun ulki, davroni visolim bor edi. 637 Ey sabo, ko‘zdin uchur Mozandaronning vardini Kim, qilibmen surma Marvi shohi jonning gardini. Ulki ahbobin qilur parvarda ayshu noz ila, Ne tong boshim olib ketsam qo‘yub yoru diyorimni. Chekma zahmat, ey tabib, ermas chu mumkin aylamak, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling