Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
352
Dema, mendin uzub ko‘ngul yana bir yor tutmishsen,
Gumon qilmaki, olam ichra sendek yonae bo‘lg‘ay. 
Deding, bo‘lsam sanga mehmon ne yerni bazmgah qilg‘ung
Gadoyi xastag‘a manzil buzug‘ koshonae bo‘lg‘ay. 
Fano dayrin tilarmen bo‘lmag‘ay hech kimsa o‘zluk ham
Ulug‘ birla kichikdin bir kupu paymonae bo‘lg‘ay. 
Jahon makkorasi sho‘xedurur bas dilfirib oxir,
Ne erkim, boshidin kechgay aning mardonae bo‘lg‘ay. 
Navoiy g‘amg‘a xo‘y aylabdururkim, ofarinishda
Falakning javfidek mushkil agar g‘amxonae bo‘lg‘ay. 
649 
Vah, necha ul sho‘x bedodin meni shaydo ko‘ray, 
Ishqidin yag‘mo chekay, husnidin istig‘no ko‘ray. 
Necha ul durri garomiy shavqida hijron tuni,
Ko‘z yetishguncha sirishkim saylini daryo ko‘ray. 
Necha ul rashki g‘azoli chinni istab dasht aro,
It kebi devona ko‘nglumni jahonpaymo ko‘ray. 
Necha bir kofir xayolining sipohi zulmidin
Kishvari jon ichra dinim naqdig‘a yag‘mo ko‘ray. 
Necha zuhdu ofiyat ichra ko‘rub taqvo elin,
O‘zni ishq oshubidin olam aro rasvo ko‘ray. 
Necha ko‘z qoni hubobidin baliyyat dashtida
Bir yuzi gulgun g‘amidin lolai hamro ko‘ray. 
Soqiyo, ul nav’ g‘arq etkil meni may ichrakim, 
Gar dam ursam may yutay, gar ko‘z ochay sahbo ko‘ray. 
Elda chun yo‘qtur vafo sahrog‘a qildim azmkim,
Xalq ila ko‘rguncha kishvar vahsh ila sahro ko‘ray. 
Jon bila azm ettim ul qotil sarikim, sa’y etib,
Yo Navoiydek qilay jonni fidosi, yo ko‘ray. 
650 
Ey quyoshqa ko‘z qamashturg‘on jamoling partavi, 
Sarvi ra’nolikda xushraftor qadding payravi. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
353
Qof tog‘in gar parilar maskan etmishlar ne tong,
Qarilardur navjuvonim hijlatidin munzaviy. 
Uylakim Moniy ishidin zoyi’ o‘ldi naqshi Chin,
Ul buti Chin suvratidin bo‘ldi naqshi monaviy. 
Ishq ilgi quvvati men xastani qilmish zabun, 
Ey ko‘ngul, ne chora aylay men zaifu ul qaviy. 
Bulbul ar gulbong urar gul suvratidin men xamush
Kim, takallum taxtig‘a kirmas adoyi ma’naviy. 
Ishq sirrin rindi durdiykash bilur, yo‘q ahli dars
Ulcha avroq uzra sabt o‘lmas ne bilgay Mavlaviy. 
Demangiz bulbul Navoiyni, samandardekki, bor
Nazmi ichra shu’layi Jomiyu so‘zi Xusraviy. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling