Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
www.ziyouz.com kutubxonasi
396 Ayshimg‘a yomon ko‘z etmagan emdi gazand, Xossaki, ul-o‘q bo‘lubtur o‘t uzra sipand. 29 Yoshimg‘a bag‘ir qoni chu erdi monand, Ko‘z asradi yoshdek bo‘lub andin xursand. Turmadi ko‘zumda yetkach ul sarvi baland, Bo‘lmas kishi farzandi kishiga farzand. 30 Ko‘nglum saydi uzub ulustin payvand, Sargashtasifatlig‘ bila erdi xursand. Qullobi muhabbating yana soldi kamand Saydeki, uzub edi rasan, ayladi band. 31 Ey sharbati la’ling obi hayvondin alaz, Hayvon suyini qo‘yki, chuchuk jondin alaz. Ne jondin alaz, ne obi hayvondin alaz Kim, harneki yo‘q, andin alaz, andin alaz. 32 Budur tilagimki ulki, ma’budung erur, Tutqay seni ul yonki, sening sudung erur. Ko‘nglungga yeturgay ulcha behbudung erur, Ilgingga keturgay ulcha maqsudung erur. 33 Gul zikrin eshiturmenu yo‘q guldin asar, Bu bog‘ eshigidin istaram oncha guzar Kim, topmasa gul jamolidin bahra nazar, Bore isidin yetsa dimog‘img‘a xabar. 34 Soqiy, badanimni notavon etti xumor, Ko‘nglumni qadahdek to‘la qon etti xumor. Har uzvuma yuz ranj ayon etti xumor, Tutqil qadaheki, qasdi jon etti xumor. 35 Mulk ochqali har xusravi oliymiqdor, Insofu adolatu saloh etsa shior. Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 397 Fath o‘lg‘ay aning nihoyati oxiri kor, Alminnatu lillahki, sanga barchasi bor. 36 Ko‘zum uchadur, magarki yorim keladur, Es har dam ozar, magar nigorim keladur. Yo bodiyayi firoq sayrida qilib, Yuz marhala qat’ shahsuvorim keladur. 37 Oshubki ul ko‘z tarfi aylanadur, Bog‘labsenu jon bu darddin o‘rtanadur. Yo g‘oyati usruklug‘idin bulg‘anadur, Ul mast kebiki, bulg‘anur bog‘lanadur. 38 Ag‘yor ila juft berma fardim bor Kim, furqati za’fida ruxi zardim bor. Gar dardidin ohi g‘ussa parvardim bor, Man’ aylama, ey rafiqkim, dardim bor 39 Har lahza ko‘ngul g‘amingda mahzun bo‘ladur, Mahzunlug‘i lahza-lahza afzun bo‘ladur. Savdo anga yuz onchaki, Majnun bo‘ladur, Yuz muncha desam ham ne ajab chun bo‘ladur. 40 Ey bodi sabo, aylasang ul sari guzor, Jon birla ko‘ngulni topshuray olg‘ach bor. Ko‘nglumni itiga tu’ma qilg‘il zinhor, Jonimni dag‘i oyog‘ig‘a anla nisor. 41 Ey jism, aning ko‘yini paydo qilako‘r, Ey ko‘ngul, o‘shul ko‘yni ma’vo qilako‘r. Ey ko‘z, sen aning yuzin tamosho qilako‘r, Ey ashk, aning ko‘yi sari oqilako‘r. 42 Eldin qochib ulki, tutsa tog‘ ichra qaror, Sovug‘da yeri bu tog‘ning javfida g‘or. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling