17
O‘zbek tilida ko‘plikdagi
otlarda quyidagi hollarda –lar ishlatilmaydi:
1. Donalab sanalmaydigan predmetlarga nisbatan – tuz, suv, choy,
guruch
2. Odam tanasining juft a’zolari – oyoq, qo‘l, ko‘z, lab, qosh
3. Mavhum (abstrakt) otlar – sevgi, mehr, yaxshilik, yomonlik, kuch
Ba’zan
bunday otlarga -lar qo‘shimchasi qo‘shilishi mumkin,
bunda
quyidagi ma’nolar tushuniladi:
1. Donalab sanalmaydigan otlarga qo‘shilganda tur, har xillk, nav
ma’nolari:
Supermarketda choylar ko‘p (qora choy, ko‘k choy, “Ahmad”choy).
2. Odam tanasi a’zolariga qo‘shilganda ma’no kuchayadi.
ko‘zlari chiroyli, qoshlari qora.
3. Mavhum otlarga qo‘shilganda ma’no kuchayadi:
yaxshiliklar, ko‘p yomonliklar.
4. Vaqt bildiruvchi otlarga qo‘shilganda taxmin ma’nosini bildiradi:
Dushanbalari men bo‘shman. Tunlari uxlamayman. (Qaysi dushanba va
qaysi tun ekanligi noma’lum).
5. Atoqli otlarga qo‘shilganda, ma’noni umumlashtiradi: Bugun
Sevaralar kelishmadi-ya (Sevara va uning do‘stlari ma’nosida) .
Do'stlaringiz bilan baham: