Microsoft Word Норматова Шоира darslik 11. 02 2015. doc
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
Ozbek-tili.-Darslik.-Sh.Normatova-M.Abduraxmonova.-2014
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savollarga javob bering: 1. Chingiz Aytmatov haqida nimalarni bilasiz 2. Yozuvchining qanday asarlarini o‘qigansiz
O‘tilganlar yuzasidan topshiriqlar: 20 1 D Tayanch so‘z va iboralar: xotira, favqulodda, aql-zakovat, mujassam, yaratmoq, faxrlanmoq, zehn, ayon bo‘lmoq, ma’qul ko‘rmoq, kechmish, loysuvoq uylar, saqlanmoq, xat-savodli, dag‘dag‘a, olomon, tag-tomiri bilan yo‘q qilmoq, farahbaxsh, shu taxlit, ezib tashlamoq, jonsarak, chiniqtirmoq, otamning huzuriga bormoq, chayqalmoq, ulug‘vorlik, ko‘lmak, ayni zamonda, to‘qay, ko‘nikmoq, faxrlanmoq, ta’qib, kom, qiyofa, g‘amgin. Savollarga javob bering: 1. Chingiz Aytmatov haqida nimalarni bilasiz? 2. Yozuvchining qanday asarlarini o‘qigansiz? Matnni o‘qing BOLALIGIM I. Bolaligim haqidagi ilk xotiralarimni rahmatli katta buvim Oyimxonni eslash bilan boshlamoq burchimdir. Buvimda favqulodda bir insoniy sifatlar mujassam edi. Ovulda aql-zakovati, obro‘-e’tibori bilan ajralib turardi. Xudo uni tabiatan dono qilib yaratgan edi. Undan juda ko‘p narsani o‘rgangan otam ham onasi bilan faxrlanardi. Katta buvim besh farzand ko‘rgan – uch qiz va ikki o‘g‘il. Uchinchi farzand mening otam – To‘raqul. Eng kenjasi esa – Risqulbek amakim. Risqulbek amakim o‘tkir zehnli, bilimli kishi bo‘lgan. Aytishlaricha, menga “Chingiz” deb ism qo‘yishni ham u kishi taklif etgan ekan. Kechmish tarixni yaxshi bilgani shundan ham ayon – bundaylar bolalariga tarixdagi buyuk shaxslar nomini qo‘yishni ma’qul ko‘radi. II. Otamni eslashim bilan Farg‘ona tarafdagi loysuvoq uylar ko‘z oldimga keladi. Farg‘onaning turmush tarzi bir boshqacha. El birlashib ahil, inoq yashaydi. Qishloqlarda ayol-erkak ittifoq-dosh, oqsoqolning so‘zini yerga tashlamaydi. Ular yaxshi-yomon kunlarda doimo birga bo‘ladi. Bunday ahillik bugungi kunga qadar O‘zbekistonda saqlanib qolgan. Ming to‘qqiz yuz o‘ttiz to‘rtinchi yilning boshi. Mening olti yoshli bolalik kezim. Otam To‘raqul o‘z elining taniqli insonlaridan biri bo‘lgan. Xat- savodi erta chiqqan. Jambuldagi Avliyoota nomli rus maktabini bitirgan, o‘ttizga yetar-yetmas davlat idorasida ishlagan odam edi. …yangi siyosatga o‘zini urgan, hukumat to‘p-to‘p qilib o‘qitib, odamlarning xat-savodini chiqarish chorasini ko‘rar, o‘zicha ozodlikka chiqqan olomon boy va quloqlarni tag-tomiridan yo‘q qilamiz degan shior ostida yashar, shu taxlit kelajakning farahbaxsh kunlarini kutar edi. 21 III. Aravon tumani Farg‘ona vodiysining paxta ekiladigan mintaqasi hisoblanadi. Paxta qora ter bilan ko‘karib, mehnat bilan oqaradigan bir o‘simlikdir. Otam shu ishlarga bosh-qosh edi. U tun-u kun aravada yurar, har doim el orasida edi. Bolaligim ocharchilikda o‘tdi. Bir kuni otam ikkimiz Andijonga bordik. Uzoq yo‘l yurdik. Yo‘l bo‘yi uchragan odamlar otam bilan salomlashar, allanimalarni so‘rardi. Xalqning yashash sharoiti og‘ir edi. Qanchalik qayg‘uli savol bermasin, otam umidlantiruvchi qaytarardi. Yolg‘iz umid shu kollektiv- lashtirishda bo‘lsa-da, og‘ir hayot xalqning belini bukib, ezib tashlagan edi. Ana shu tashvishlarning barchasi bir odamga – aqlli, har doim jonsarak, toliqmay ishlaydigan otamga bog‘lanib qolgan edi. Bir oz fursat o‘tgach, otamni Moskvaga yuborishdi. Buning sababini bilmas edim. Men faqat bir narsani bilardim – biz Frunze (hozirgi Bishkek)ga qaytib kelgan bo‘lsak-da, otam uyga deyarli qadam bosmasdi. Keyin bilsam, Moskvaga o‘qishga ketibdi. Yuqori tashkilotlar davlat ishidagi taniqli arboblarni siyosiy jihatdan yanada chiniqtirish uchun Qizil professorlar institutiga o‘qishga jo‘natayotgan ekan. Ular orasida otam ham bor edi. Biz bir otadan uch farzand edik: men, opam va ukam. IV. Shunday qilib, onamiz bizni otamiz huzuriga – Moskvaga olib boradigan kun ham yetib keldi. …Poyezdda roppa-posa besh kun yurdik. Umrimda ilk bor Moskvaga boryapmiz. Moskvaga – otajonim huzuriga boryapman. Onam o‘sha yerda o‘qishimizni orzu qilardi. Otam ham Moskvada so‘qqabosh bo‘lib yashayotganini rahbarlarga arz qilib, bola-chaqasini olib kelishga ruxsat olgan ekan. O‘sha safar-sayohatning esdan chiqmas xotiralari Orol ko‘li sohillarida qolib ketdi. Bu ko‘l u paytlarda bepayon sahroning o‘rtasida chayqalib yotgan ko‘m- ko‘k dengiz edi. Hayotimda ilk bor ko‘rgan dengizim ham Orol edi. Uning zalvorli to‘lqinlari temir yo‘l izlariga kelib urilishi hali-hanuz ko‘z o‘ngimda turibdi. Hozir esa dengizning na o‘sha ulug‘vorligi, na sehri qolgan. Suvi qurib, o‘lib borayotgan bir ko‘lmakka o‘xshaydi. Dunyo ahlining ayni zamondagi ekologik vazifasi – Orolning qadimiy holatini tiklashdan iboratdir. Orol ko‘lidan keyin ulug‘ Volga daryosiga duch keldik. Yam-yashil vodiylar-u cheksiz to‘qaylaroralab Rossiyaga kirib bordik. Moskvaning qadimiy va tarixiy Vorovcskiy ko‘chasi hozir ham bor. Bu ko‘chada keyinchalik menga qadrdon bo‘lib qolgan Yozuvchilar uyushmasi joylashgan. Shu ko‘chadagi beshinchi uyda biz yashaganmiz. Moskvaga kelib, bu yerning shart-sharoitiga asta-sekin ko‘nikdik. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling