Microsoft Word Норматова Шоира darslik 11. 02 2015. doc


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/143
Sana10.09.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1675273
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   143
Bog'liq
Ozbek-tili.-Darslik.-Sh.Normatova-M.Abduraxmonova.-2014

G R A M M A T I K A 
QARASHLILIK MA’NOSINI IFODALASH YO‘LLARI 
 (Egalik qo‘shimchalari) 
O‘zbek tilida qarashlilik ma’nosi maxsus qo‘shimchalar yordamida 
ifodalanadi. Ular egalik qo‘shimchalari deb ataladi. Egalik qo‘shimchalari 
narsa-buyumning (yoki shaxsning) uch shaxsdan biriga birlik va ko‘plik 
sonda qarashliligini ko‘rsatadi: 
Shaxs Birlik 
Ko‘plik 
Unlidan 
Keyin 
Undoshdan 
keyin 
Unlidan 
keyin 
Undoshdan 
keyin 

-m -im -miz 
-imiz 
II 
-ng -ing -ngiz 
-ingiz 
III 
-si -i 
-si(-lari) 
-i 
(-lari) 
Namuna: 
akam, kitobim 
akamiz, kitobimiz 
akang, kitobing
akangiz, kitobingiz 
akasi, kitobi  
akasi, kitob

Eslab qoling: 
 
Egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda uchraydigan o‘zgarishlar:
va q tovushlari va g‘ ga aylanadi: yurak+im – yuragim, qishloq+i – 
qishlog‘i; 
a,i,u tovushlari tushadi: shahar+i-shahri, o‘rin+i-o‘rni, burun+i – burni, 
o‘g‘il + -i o‘g‘li 
Ba’zan o‘zgarish bo‘lmaydi: huquq, ravnaq, ittifoq, ishtirok, ishtiyoq, 
idrok, axloq kabi so‘zlarda va bir bo‘g‘inli so‘zlarda: nok+i – noki, 
huquq+im – huquqim 
 

Grammatik mavzu bo‘yicha mashqlar 
 
1-mashq. Nuqtalar o‘rniga kerakli qo‘shimchalarni qo‘ying. 
Mening ona…, sening…xona..., uyning eshik…, bizning maktab…, 
sizning daftar…, ularning ko‘cha…, bizning huquq…, inson idrok…., 
mamlakat ravnaq…, qo‘shnimning akasining o‘g‘il…, insonning ko‘ngil…. 


24
2-mashq. Nuqtalar o‘rniga egalik qo‘shimchalaridan birini qo‘ying.
Qanday o‘zgarish bo‘ldi? 
Shahar…, qishloq…, taroq…, singil…, o‘g‘il…, kuchuk…, qalpoq…, 
qorin…, pichoq…, burun…, ittifoq…., axloq…., yarim…, egin…, yo‘q…, 
idrok…, ishtiyoq…, ravnaq… 
3-mashq. So‘z birikmalarini to‘g‘ri tarjima qiling.
Мой университет, моя подруга, дружба народов, радость детей, рост 
экономики, твой долг, наша задача, их жизнь, вопросы семинара, 
преподаватель узбекского языка, конец урока, тема урока, правовое 
государство, основы государства, дом моего отца, вкус яблока, право 
голоса. 
 4-mashq. Qavslarni oching. 
Universitet (kengash), do‘stim (aka), tanaffus (payt), mehnat (ta’til),
Anvar (kasb), mahsulot (sifat), bilim (dargoh), Hamza (teatr), tinchlik 
(posbon), xalq (so‘z), uyushma (yig‘ilish).

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling