Microsoft Word Норматова Шоира darslik 11. 02 2015. doc
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
Ozbek-tili.-Darslik.-Sh.Normatova-M.Abduraxmonova.-2014
5 D QUDALARNI KUTIB OLISH Kechagi kirgan savdogarlardan qudalarning bugun aniq kelish xabarlarini bilgan edilar. Nariroqdan kuzatib kirish uchun Hasanali yo‘l ustiga ketgan. Yusufbek hojining o‘zi ish boshida turib, Oybodoqqa tashqari hovlini tozalatar edi. Ichkarida bo‘lsa, O‘zbek oyim qo‘shni xotinlardan bir nechasini hasharga aytib, hammani joy-joyiga qo‘ydirgan, hovli yuzini ham yog‘ tushsa yalagudek holga keltirgan edi. Ammo o‘z uyini bo‘shattirib, gilam solib qo‘yganiga endi uch kunlar bor, qudalarning ziyofati uchun kerak bo‘lgan hamma narsalarni ham hozirlatgan, ular kelib tushdi deguncha bo‘g‘izlatish uchun deb, bir g‘o‘non qo‘y og‘ilning ustuniga bog‘lab qo‘yilgan edi. Zaynab ham uncha xafa ko‘rinmas, qaynonasining buyruqlarini eski holicha bajarib yurar va hozirda uyga kirib olib, mehmonlar kelib tushdi deguncha oldilariga yozish uchun dasturxon yasatar edi. O‘zbek oyim hasharchi xotindan biriga tandirga o‘t qo‘yishni buyurdi- da, o‘zi Zaynabning oldiga keldi: Dasturxoning bitdimi, bolam? – deb so‘radi. – Bitdi. Tashqarining asali kamga o‘xshaydir. – Kam bo‘lsa, darrov ombordan keragicha olib chiq, undan keyin xamiringga o‘zing qara, Oybodoqning qo‘li tegmas, xamir gup berib ketibdi! – dedi va darichadan ko‘tarilib dasturxonlarni kuzatdi, – dasturxon tuzuk, varaqini esingdan chiqarma! – dedi va o‘rta yo‘lakda ko‘ringan Yusufbek hojini o‘ziga imladi. – Beri keling! – Nima gap? Dasturxonlarimizga bir qarab qo‘ying-chi? Hoji parvosizgina qilib qaragan bo‘ldi: – O‘zingga yoqsa bo‘pti, – dedi. – Qassob aytganmisiz, tag‘in ular kelgandan so‘ng shoshib qolmaylik. 180 – Qassob tayyor, hozir bo‘gizlatsak bo‘lmaydimi? Yo‘q, – dedi O‘zbek oyim, – osh egasi bilan shirin! Ha, aytgandek, qudangiznikiga yuborgan kishingiz keldimi? Asal uchun shoshib borgan Zaynab to‘xtab qaynotasining og‘ziga qaradi. – Borib keldi, – dedi hoji, – Alimbek dalasiga ketgan ekan, xotin qudalar kelishmoqchi bo‘lishibdir. Zaynab asalga ketdi. Hoji O‘zbek oyimning yoniga yurib keldi va sekin so‘radi: – Zaynab xafa emasmi? – Nimaga xafa bo‘lar edi. – Axir, so‘rayman-da. –Tuppa-tuzuk, – dedi O‘zbek oyim, – tashqaringizdan Oybodoq qutulayozdimi? – Qutulib qoldi. Mahalladan ham uch-to‘rt kishi aytdim, oshni ko‘proq qilish kerak. Oybodoq tashqarini yig‘ishtirib kirdi. Hoji mehmonxonaga chiqib ketdi. O‘zbek oyimning amricha, Oybodoq, Zaynab va hasharchi xotinlar kulcha yasashga o‘tirdilar. Kun tushdan oqqanda hamma saranjom olingan edi. O‘zbek oyim to‘yga boradigan xotinlardek yasangan, egnida odimi xon atlas ko‘ylak, boshida oq shohi dakana, ko‘zida surma edi. O‘zbek oyimning “Kelinni xor tutar ekan, demasinlar, sen ham o‘zingni tuzat” , deb aytgani uchun Zaynab ham tamom ipaklarga ko‘milib yasangan… Zaynabning onasi – Mohira oyim, opasi – Xushro‘ybibi va yangasi Hanifanisolar ham kelishdilar. O‘n chog‘li xotin bo‘lishib sovutmachoq dasturxonga o‘tirishdilar. O‘zbek oyim majlisga – marg‘ilonlik qudaning odamgarchilikni bilishidan, Otabekni Toshkentdan uylantirishga qarshi lom-mim demay, qaytaga o‘zi kuyovi bilan birga kelib, to‘yni o‘tkazib ketganidan Marg‘ilondagi obro‘sidan va davlatidan bahs qilib aytar edi: – Bechoraning bori-yo‘g‘i peshonasidagi bolasi bizning kelinimiz. Otabekni o‘z bolasidan ham yaxshi ko‘rib, “O‘g‘lim bo‘lsa, shundog‘ bo‘lar edi-da, mendan keyin hamma davlatim shuniki, ilohi omon bo‘lsin!” der ekan… – Ha, aylanay quda… qars ikki qo‘ldan chiqadir, deganlar… Buzoq yaxshi bo‘lsa, ikki onani emar ekan… – dedi Mohira oyim. …Oybodoq tashqaridagi guldur-guldurni eshitdi va chopib mehmonlar o‘tirgan uyning darichasi yoniga keldi: “Kelishganga o‘xshaydirlar” – dedi. O‘zbek oyim boshliq xotinlar hovli yuzasidan tushdilar. – Sevinchi bering, bek buvi, kennoyim keldila! O‘zbek oyim cho‘nchagiga qo‘lini solib, besh-o‘n pul olib, bolaga berdi. Bola orqasidan Hasanali ko‘rindi: 181 Qani, oyi, ko‘rmanani bering-chi, men sizning qochqoq keliningizni tutib keldim! – dedi va yo‘lakka qarab: – To‘xtang, to‘xtang, ilgari men sevinchimni undirib olay. Yo‘lakdan Oftob oyim ko‘rindi. Paranjisi boshida, chashmbandi qo‘lida edi. Hasanali O‘zbek oyim bilan tanishtirdi: – Bu kishi qudachangiz – Oftob oyim bo‘ladirlar. O‘zbek oyim Oftob oyim bilan salomlashib quchoqlasha ketdilar, boshqa xotinlar uning bilan ko‘rishib chiqdilar. Hammaning ko‘zi alang-jalang keldi. Kumushni axtarishar edilar. Kumush hali ichkariga kirgan emas. O‘zbek oyimning ikki ko‘zi yo‘lakda. Hasanali bir yo‘lakka va bir O‘zbek oyimga qarab nima uchundir ko‘zini qisib qo‘yar edi. Oftoboyim qudasi yoniga keldi: “Uyalib turgandir” deb kuldi. O‘zbek oyim kulimsirab yo‘lak tomonga: – Hoy, poshsha kelin! – dedi – Bizlar kutib qoldik-a, uyalmang, bolam! Hasanalining ko‘rmanasi bo‘lsa tayyor! Hasanali yo‘lakka qarab imladi… Qip-qizargan holda Kumush ko‘rindi: paranjisi qo‘lida, qora atlas ko‘ylak egnida, zangor latta mursak ustida, oq shohi ro‘mol boshida edi. Shahlo ko‘zlari kulimsirashga yaqin holda uyatli edilar. Hasanali tanitdi: – Mana bu kishi qayin onangiz – bek oyim bo‘ladirlar. Kumush salom berdi va qo‘lidagi paranjasini yerga tashladi, yugurib kelib o‘zini O‘zbek oyimning quchog‘iga oldi… Qaynona–kelin bir daqiqa chamasi ko‘rishib qoldilar. So‘ngra Kumush boshqalar bilan bir-bir ko‘rishib chiqdi. Eng keyin orqadan Zaynab ko‘rindi. O‘zbek oyim kulib Kumushga qaradi: – Qani, o‘zing tani-chi, kim ekan bu! Kumush hayron bo‘lib qolmadi… ipaklar ichiga g‘arq bo‘lgan Zaynabga qarab olib, unga tomon odim tashladi: – Zaynab opam! – dedi. Ikki kundosh “Esonmisiz, omonmisiz, eson- omon yuribsizmi…” so‘zlari bilan ozorsiz qilib bir-birining yelkasiga qo‘l yuborishdilar. – Qani, bek otasi, ko‘rmanani bering-chi! – dedi O‘zbek oyim Kumushni imlab. Kumush uyalib zo‘rg‘agina salom berdi va Yusufbek hojining yaqiniga kelib bo‘yin egdi. Hoji qo‘li bilan Kumushning yelkasiga qoqib suydi va Kumushning manglayiga tegizib olgan o‘z qo‘lini o‘pdi: – Bizning Marg‘ilonda ham shunday kelinimiz bor ekan-ku, biz bilmay yurgan ekanmiz-da! – deb tevaragiga qarab kulindi va qo‘lini duoga ochdi. – Bizni shunchalik siylab kelibsizlar, bu yaxshiliklaringiz bizdan qaytmasa, xudodan qaytsin. Ollo taolo yoshlarga tinch va barakatli umr bersin… Ilohim qabul qilsin duolarimizni... (Abdulla Qodiriy. “O‘tkan kunlar” romanidan) |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling