Microsoft Word Норматова Шоира darslik 11. 02 2015. doc
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
Ozbek-tili.-Darslik.-Sh.Normatova-M.Abduraxmonova.-2014
6-DARS
6 A TOSHKENT TARIXI Toshkent vohasi Tyanshanning g‘arbiy yonbag‘irlaridan boshlanib Sirdaryo etaklariga tushadigan keng tog‘oldi tekisligining bir qismida joylashgan. Sharqda u uchta – Ugom, Piskom va Chatqol tog‘ tizmalari bilan o‘ralgan bo‘lib, bu tizmalarni shu nomlar bilan ataluvchi daryolar oqib o‘tuvchi daralar ajratib turadi. Bu daryolar qo‘shilib Chirchiq daryosini hosil qiladi. Chirchiq daryosi Chorvoq havzasining tor darasidan o‘tib, G‘azalkentdan quyiroqqa tushganda kengligi ba'zi joylarda 20 kmdan oshadigan qadimiy tekislik bo‘ylab oqadi. Taxminan uch ming yil ilgari Toshkent vohasida dastlabki dehqon jamoalari paydo bo‘lgan. Ular bir vaqtning o‘zida chorvachilik bilan ham shug‘ullanishgan. Tekisliklar, adirlar va tog yonbag‘irlari xo‘jalik asoslarini har tomonlama rivojlantirish uchun juda qulay sharoit yaratgan. Hozir Toshkent shahri joylashgan vohadagi tabiiy suv tarmoqlari tabiiy sug‘orishga asoslangan dehqonchilikni rivojlantirish uchun imkoniyat yaratgan. Toshkent vohasida o‘troq dehqonchilik va ilk shahar madaniyati qadimiy bo‘lishiga qaramay, shaharning o‘z tarixini miloddan avvalgi I asr oxiridan yozma manbalar va hozirgi shahar ichidagi qadimgi shahar xarobasi (Mingo‘rik) saqlanib qolgan vaqtdan boshlaganini kuzatish mumkin. Mingo‘rik Salor kanali bo‘yida, hozirgi Shimoliy vokzal yaqinida joylashgan bo‘lib, uning nomi bu yerda XIX asrda mavjud bo‘lgan katta o‘rikzordan olingan. O‘sha davr xaritalariga ko‘ra, qadimgi shahar o‘rni taxminan 35 ga joyni egallagan. Binkat Toshkent – Shoshning o‘rta asrdagi poytaxti. Kultepadan 8 km shimoli-g‘arbda, bir vaqtlarda Shoshning ilk o‘rta asrdagi shahar dahasiga kirgan yangi yerda poytaxt qaytadan barpo etildi. Uning xarobalari Toshkentda XIX asr davomida olib borilgan qurilishlar natijasida ko‘milib ketdi. Shunday qilib, XIV asr boshlariga kelib Toshkent o‘z aholisining avvalgi sonini tikladi. Shahar uning muzofotini tashkil qiluvchi qishloqlar bilan o‘ralgan edi. U musulmon madaniyati markazi sifatidagi avvalgi shuhratiga qayta ega bo‘ldi. O‘zaro urushlar, Amir Temur va temuriylar saltanatining parchalanib ketishi natijasidagi jarohatlarga qaramay, XVI asrda ham Toshkent obod shahar bo‘lib qolaverdi. Shahar chekkasida, Kaykovus arig‘i yoqasidagi xushmanzara joyda shayboniy sultonlarining qarorgohi joylashgan bo‘lib, "Shoirlar bog‘i" deb atalgan bog‘ vujudga keltirilgandi. Bu yerda olimlarning bahs-munozaralari bo‘lib o‘tar, mushoiralar tashkil qilinardi. 183 1991 yildan O‘zbekiston va uning poytaxti Toshkent tarixida yangi davr boshlandi. Mustaqillik yillari mobaynida butun mamlakatning ham, uning poytaxtining ham qiyofasi tanib bo‘lmas darajada o‘zgardi. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling