Microsoft Word Норматова Шоира darslik 11. 02 2015. doc
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
Ozbek-tili.-Darslik.-Sh.Normatova-M.Abduraxmonova.-2014
7 D
EKOTIZIM NIMA? Albert Eynshteyn shunday degan edi: “Biz to‘qnash keladigan o‘ta muhim muammolarni ularni o‘zimiz yuzaga keltirgan vaqtimizdagi tafakkur darajamiz bilan hal qilib bo‘lmaydi”. Darhaqiqat, aholining ekologik ma’lumoti va tarbiyasi tabiatni muhofaza qilish va maorif sohasidagi chora-tadbirlarni takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Texnika taraqqiyoti shiddat bilan rivojlanayotgan hozirgi sharoitda ekologik ta’lim sifatini yaxshilashga kuchli ehtiyoj sezilmoqda. Kishilar tafakkuri va xulqiga samarali ta’sir ko‘rsatish uchun esa, albatta, zamonaviy ijtimoiy texnologiyalarni egallash kerak. Ekotizim nimani anglatadi? Ekotizim – har xil turdagi organizmlarning birgalikda hayot kechirishi va ularning o‘zaro bir-biri bilan qonuniyatli aloqada bo‘lgan yashash shartlarining birligi majmuidir. Eng katta ekotizim – Yer biosferasi bo‘lib, so‘ng (kichiklashib borishiga qarab) quruqlik, okean, tundra, to‘qay, o‘rmon, ko‘l va hokazolar keladi. Barcha tirik jonzotlar ma’lum hududda ekotizimni vujudga keltiradi. Ekotizimning 3 turi mavjud: 1. Makroekotizim – qit'a, davlat ekotizimi; 2. Mezoekotizim – mintaqa, hudud ekotizimi; 3. Mikroekotizim – yerning kichik maydoni ekotizimi. Barcha ekotizimlar o‘zaro bog‘liq va o‘zaro aloqadordir. Tog‘ bolalar oromgohi yaqinida joylashgan o‘rmonga bir to‘p kapalak qurti tushib qoldi. O'rmon naq hammaning ko‘zi o‘ngida halokatga yuz tuta boshladi. O'romgohga kelgan bolalarning hech biri nima uchun shunday bo‘layotganini sira tushunmas edi. Agar har yili shu oromgohda dam oladigan bolalarga birov, falokatning sababchisi sizsiz, deb aytsa, ular, shubhasiz, ishonmagan bo‘lar edilar. Rostdan ham, nahotki bolalakar aybdorlar? Aslida, mana bunday bo‘lgan edi: har yili bolalar oromgoh atrofida gul terardilar. Hamma narsani orqa-oldiga qaramay uzib olaverardilar. Gullarda esa taxina pashshasi yashar, nektar bilan oziqlanar, tuxum qo‘yar edi. Tuxumlardan o‘rmonga zarar keltirayotgan kapalakqurtga qiron keltiruvchi qurtlar paydo bo‘lar edi. Gullar yo‘qolishi bilan, yaqin o‘rtadagi taxina pashshalari ham yo‘qoldi... Keyin nima bo‘ldi? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling