1-DARS
MUSTAHKAM OILA – JAMIYAT POYDEVORI
1 A
Tayanch so‘z va iboralar: oila, jamiyat, inoqlik, turmush qurmoq, nikoh,
uylanmoq, hayot kechirmoq, o‘z o‘rnini topmoq, xizmat qilmoq, dono,
maslahat, hamshira, uyushma, qadriyat, ijtimoiy, iqtisodiy, maqom, bosqich,
muhit, mulkiy, moddiy
Savollarga javob bering:
1. Oila deganda nimani tushunasiz? Siz uchun oila nima?
2. Odamlar nima uchun oila quradilar?
3. Oilaviy munosabatlarga jamiyatdagi o‘zgarishlarning ta`siri bormi?
4. Oila bolalar uchun qanday vazifani bajaradi?
5. Kattalar uchun oila nimaga kerak deb o‘ylaysiz?
Matnni o‘qing
O I L A
Oila har bir inson hayotida
muhim o‘rin tutuvchi yuksak
qadiryatlardandir.
Oila – murakkab ijtimoiy
uyushma. Olimlar uni er-xotin, ota-
ona va bolalar o‘rtasidagi
murakkab o‘zaro aloqalar tizimi
deb ta’riflaydilar. Oila bu kichik
guruh bo‘lib, uning a`zolari nikoh
yoki qarindoshlik aloqalari bilan
bog‘langan bo‘ladilar. Oila
jamiyatning aholini vujudga
keltirish ehtiyoji natijasida paydo
bo‘lgan.
Jamiyatda har bir inson
ma’lum mavqega, millatga, mulkka
va moddiy boyliklarga, shular
qatorida, tug‘ilgandan boshlab to
umrining oxiriga qadar “oilaviy
holati” degan tavsifga ega bo‘ladi.
Bola uchun oila uning
jismoniy, ruhiy, hissiy va aqliy
rivojlanishining shart-sharoitlari
shakllanadigan muhitdir.
Katta yoshli kishi uchun oila
kichik uyushmadir. U bu yerda
o‘zining qator ehtiyojlarini
qondiradi, shu bilan birga bu
uyushma uning oldiga har xil,
ancha murakkab talablar qo‘yadi.
Inson hayotining turli bosqichlarida
uning oiladagi vazifalari hamda
maqomi o‘zgarib turadi.
Bir qarashda oilaviy
munosabatlar nisbatan mustaqil
hodisa, lekin, aslida, ular
jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy
munosabatlar bilan chambarchas
bog‘liq va ular ta’sirida o‘zgarib
boradi.
7
Do'stlaringiz bilan baham: |