58
6. Fe’l zamonlarining mosini qo‘ying.
Kecha xonada yo‘q edim, suzish havzasiga ketgan…, meni kimdir
qidir… va menga xat tashlab ket…
A. –dim; -ibdi; -ibdi;
B. –dim; -di; -di;
C. –dim; -gan; -gan;
D. –ganman; -di; -di;
BOBUR VA KABUTARLAR
Qadimda Andijon degan mamlakatda Umarshayx degan podsho bo‘lib,
uning aql-farosatda yagona bo‘lgan Bobur Mirzo ismli o‘g‘li bor edi.
Bir kun
Umarshayx kitob o‘qib o‘tirgan edi, yasovulboshi qo‘l-oyog‘i bog‘langan
yigit va qizni sudrab olib kiribdi. Podsho yasovulboshidan ularning gunohi
nimaligini so‘rabdi. Yasovulboshi: “Bu yaramaslar sizning kabutarlaringizni
o‘zlariga o‘rgatib olmoqchi bo‘ldilar, ularning gunohi – shu”, – debdi.
Kabutarlarning ashaddiy ishqibozi bo‘lgan podsho boshini kitobdan
ko‘tarmasdan: “Unday bo‘lsa ularning boshini olib...”, –
deganda uni qattiq
yo‘tal tutib qolib, gapini tugata olmabdi. Podshoning oldida qo‘l qovushtirib
turgan vazir yasovulboshiga qarab, anavilarni yo‘qot degandek ishora qilibdi.
Yasovulboshi yigit bilan qizni turtib-turtib tashqariga olib chiqib ketibdi. Bu
paytda podshoning o‘g‘li Bobur bir chetda nimanidir yozib o‘tirgan ekan. U
jallod yigit-qizni boshini olish uchun
olib ketayotganini sezib,
yasovulboshining orqasidan chiqibdi. Yigit bilan qiz : “Bizning hech bir
gunohimiz yo‘q. Biz hazrati oliylarining kabutarlari osmonda uchayotganini
ko‘rib, ularning o‘yinini tomosha qildik, xolos. Nahotki kabutarlar o‘yinini
tomosha qilish gunoh bo‘lsa?” –
deya yalinib-yolvorishsa-da, jallodlar
ularning boshini kundaga qo‘yibdilar. Shunda ular bilan izma-iz kelayotgan
Bobur Mirzo yasovulboshi va jallodlarga qarab: “To‘xtanglar, bularni
o‘ldirmanglar, otam
axir ularning boshini olinglar, demadilar-ku”, – debdi.
Yasovulboshi esa: “Xo‘sh, unda otangiz nima demoqchi edilar, shahzodam?”
– debdi. Bobur Mirzo esa: “Oliy hazrat ular boshlarini olib bu yurtdan chiqib
ketishsin, demoqchi edilar,
gaplarimga shubha qilsangiz, o‘zlaridan
so‘rashingiz mumkin”, – debdi.
Yasovulboshi podshoning arzanda o‘g‘li bilan tortishib o‘tiramanmi,
debdi-da, podshoning oldiga kirib, bo‘lgan voqeani so‘zlabdi.
Podsho o‘g‘lini chaqirib, undan nima uchun gunohkorlarni himoya
qilganligini so‘rabdi. Bobur Mirzo shunday javob beribdi: “Men
ularning
Do'stlaringiz bilan baham: