Microsoft Word Норматова Шоира darslik 11. 02 2015. doc


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/143
Sana10.09.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1675273
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   143
Bog'liq
Ozbek-tili.-Darslik.-Sh.Normatova-M.Abduraxmonova.-2014

 


113
3-mashq.  Aniq nisbatdagi gaplardan majhul nisbatdagi gaplar hosil 
qiling
Namuna: Dekan talabalarni majlislar zaliga yig‘di. / Talabalar
majlislar zaliga yig‘ildilar. 
1. Men o‘qituvchi bergan barcha topshriqlarni bajardim. 
2. Sorbonnani faqat fransuzlarning emas, balki butun Yevropa mumtoz 
ta’limotining etaloni deb hisoblaydilar. 
3. Men o‘qigan kitob juda qiziq ekan. 
4. Zamira sekin pardani yopdi. 
5. O‘zbekiston bu yil paxtadan mo‘l hosil oldi. 
6. Yurtimizda kishilarimiz o‘z milliy qadriyatlari, udum va an’analarini 
hurmat qiladilar. 
7. Tilni ham milliy qadriyat deb hisoblaydilar. 
8. Xalq sumalak haqida turli rivoyatlar to‘qigan. 

 Tinglang. 
Beshuk.
 
 
I. 
Berilgan so‘z va birikmalarni tarjima qilib tushuntiring. 
Xalq udumlari, beshik tebratmoq, g‘ichirlamoq, alla aytmoq, shirin 
qo‘zim, toychog‘im, munchog‘im, do‘ppi, gavrapo‘sh, joy solmoq, yo‘rgak, 
isiriq, yo‘rgaklamoq, avaylamoq, ko‘rpacha, tekkizmoq, bukmoq, mamnun, 
jilmaymoq, yig‘lab yubormoq, boyadan beri, indama, yotmoq, yo‘l olmoq. 
 
II. Savollarga javob bering: 
 Voqeani kim so‘zlab beryapti? 
 Bolaning oilasida qanday yangilik bo‘ldi? 
 Alla qo‘shig‘ida bola nimalarga o‘xshatildi? 
 Beshik qanday yasatilgan edi? 
 Lazokat xola nima qildi? 
III. Quyidagi  parchalardagi harakat sababini tushuntiring. 
 “Ammam xokandozda tutab turgan isiriq ko‘tarib kirdi. Harsillab nafas 
olgancha allanimalar deb pichirladi, beshik atrofida xokandozni aylantirdi”. 
 Ukamning chap oyog‘ini bukib, tizzasini o‘ng qo‘lining uchiga tekkizdi.
– Yetdimi? – degan edi, uy to‘la xotinlar qiy-chuv qilib yuborishdi. 
– Yetdi! Yetdi!

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling