Microsoft Word Норматова Шоира darslik 11. 02 2015. doc


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/143
Sana10.09.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1675273
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   143
Bog'liq
Ozbek-tili.-Darslik.-Sh.Normatova-M.Abduraxmonova.-2014

RIVOYAT 
Emishki, foniy olamda bir onaizor bo‘lgan ekan. Onaizor o‘z oti bilan 
zor ona bo‘libdi. Bechoradan bechora ekan. Nihoyatda kambag‘al ekan. 
Xudoyim xudovando onaizorning rizq-ro‘zini bermabdi-da, nasibasini 
bermabdi-da! 
Ammo xudoyim xudovando onaizorga ko‘p farzand beribdi. Bir oqshom 
bolalari qo‘llarini cho‘zib:
- Ovqat, ona, ovqat, – deya zorlanibdilar. Onaizor yenglarini tugibdi 
(shimaribdi). 
- Bolalarimga mazali taom qilib beray, – debdi. 
O‘choqqa o‘t yoqibdi. Qozon osibdi. O‘t yona beribdi, qozon qiziy 
beribdi. Shunda onaizor qozonga nima solishni bilmabdi. Uy ichini qarabdi. 
Tevarak-atrofni qarabdi. Qozon qaynatish uchun biron-bir nima topolmabdi. 
Bolalar esa ovqat so‘rashdan to‘xtamabdilar, ovqat-ovqat deya yig‘lay 
berib uxlab qolishibdi. 
Onaizor och-nahor uxlab yotgan go‘daklariga termulib o‘tiribdi. O‘tirib-
o‘tirib, ko‘ngli buzilibdi. O‘z taqdiridan kuyinibdi.
– Yo‘qchilik qurisin-a, yo‘qchilik! – deb, qon-qon yig‘labdi. 
Go‘daklar azonda uyqudan turadilar. Ochdan-och bo‘ladilar, yana ovqat 
so‘raydilar. “Ovqat!” –, deb yig‘laydilar. 
Onaizor ana shu qayg‘uda timirskilanib yuribdi. Qozon qaynatish uchun 
tag‘in (yana) biron nima topolmabdi. Shunda, mayda-mayda toshlarga ko‘zi 
tushibdi. Shu toshlardan yettitasini sanab olibdi. Tog‘orachaga solib, yuvib-
yuvib tozalabdi. Tog‘orachadan qozonga solibdi. 
Onaizor nahorda (erta tongda) qozon qopqog‘ini ochib qarasa, qozon 
to‘la taom paydo bo‘libdi! 
Taom oti sumalak bo‘libdi! 
Shu-shu, sumalak Navro‘z taomi bo‘lib qolibdi! 
(Tog‘ay Muroddan) 

 Matn bo‘yicha topshiriqlar 
I. Savollarga javob bering: 
 Sumalak qanday tayyorlanadi? 
 Rivoyatdagi ona qanday ayol? 
 Ona och bolalarining qornini to‘ydirish uchun nima qildi? 
 Ona nima uchun yig‘ladi? 
 Ona bolalarining qo‘rnini to‘ydirdimi? 
 “Sumalak” so‘zi qanday ma’no anglatishini bilasizmi? 


111

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling