Microsoft Word Норматова Шоира darslik 11. 02 2015. doc


  Matn bo‘yicha topshiriqlar


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/143
Sana10.09.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1675273
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   143
Bog'liq
Ozbek-tili.-Darslik.-Sh.Normatova-M.Abduraxmonova.-2014

 

 Matn bo‘yicha topshiriqlar: 
 Xaritadan Samarqand viloyatining geografik joylashish o‘rnini 
tushuntirib bering. 
 Viloyat iqlimi qanaqa? 
 Ushbu gap matnning qaysi abzasi mazmuniga mos keladi? 
Samarqandda hozirgi kunda har xil madaniyat va san’at tadbirlari 
o‘tkaziladi. 
 Samarqand shahrining 2750 yilligi qachon o‘tkazilgan? 
 1997-yilda Samarqandda qanday tadbir o‘tkazilgan? 
G R A M M A T I K A 
HARAKAT BELGISINING HARAKAT YORDAMIDA 
 IFODALANISHI 
(Ravishdosh)
 
+ -b,-ib, -a, -y 
+ -gancha 
+ -gach (-kach-qach), -guncha(-kuncha,-quncha) 
+ gani (-kani, -qani) 
Harakatning belgisini bildiradi. Quyidagi ma’nolarni ifodalaydi: 
Fe’l+–b, -ib, -gancha – harakatning qay tarzda bajarilishini ifodalaydi: 
Kulib gapirdi, suyanib o‘tirdi, gapirgancha kirib keldi. 
Fe’l+-gach, (-kach, -qach), -guncha (-kuncha, – quncha, -kuncha) – 
harakatning bajarilish paytini bildiradi: 
Dars tugagach, ketamiz. Ko‘chaga chiqqach, taksi to‘xtatamiz.
Ko‘ylakni tikkach, dazmolladi. U kelguncha, biz uyni tozalaymiz. 
Fe’l+-gani (-kani, -qani) – harakatning maqsadini bildiradi: 


142
Ko‘rgani keldi, tikkani o‘tirdi, chekkani chiqdi. 
U bizni kulib kutib oldi. Ishlay-ishlay charchadim. 
Dars tugagach, biz uyga ketdik. 
Sen dars tayyorlab bo‘lguncha, men ovqat pishiraman. 
Biz toza havoda nafas olgani ko‘chaga chiqdik. 
Qo‘lida bir nimani ko‘targancha xonaga shoshib kirib keldi. 

 
 Grammatik mavzu bo‘yicha mashqlar 
 

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling