Microsoft Word Норматова Шоира darslik 11. 02 2015. doc


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/143
Sana10.09.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1675273
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   143
Bog'liq
Ozbek-tili.-Darslik.-Sh.Normatova-M.Abduraxmonova.-2014

miqdor-daraja – harakatning bajarilish darajasi va miqdorini bildiradi: 
picha, xiyol, ozgina, ko‘p, mo‘l, ancha, juda, o‘ta, sira; 
maqsad – harakatning maqsadini bildiradi: ataylab, jo‘rttaga, qasddan; 
sabab – harakatning bajarilishi sababini bildiradi: noilojlikdan, 
chorasizlikdan, majburan. 
 

Grammatik mavzu bo‘yicha mashqlar 
 
 1-mashq. Quyidagi ravishlar ishtirokida gap tuzing
jindek, sal, sira, yaxshilab, yana, birdan, to‘satdan, asosan, qisman, 
zo‘rg‘a, ataylab, jo‘rttaga, qasddan, har safar, endi, italyancha. 
 2-mashq. Nuqtalar o‘rniga kerakli so‘zlarni qo‘ying: 
tubi, piyoda, o‘ta, sal, atrofda, sira, yonida, yaqinda, tez, sekin, yaxshi, 
ko‘p, hozir. 
1. Universitet uyimga juda yaqin, shuning uchun har kuni darsga …… 
boraman. 2. Bu yaxshiligingizni.... unutmayman. 3. Test savollari....qiyin 
ekan, men juda past ball yig‘dim. 4. Bu shim menga….katta ekan, 
kichkinarog‘i bormi? 5. Bu ……biror kafe yoki oshxona bormi? 6. Dengiz 
suvi juda tiniq edi, shu sababli uning …..dagi toshlarni va baliqlarni bemalol 
ko‘rish mumkin edi.
 


Kichik matn. Matnni o‘qing va tarjima qiling 
JALOLIDDIN MANGUBERDI 
Jaloliddin Manguberdi so‘nggi Xorazmshoh edi. Tarixiy manbalarda 
aytilishicha, u o‘rta bo‘yli, to‘ladan kelgan, bug‘doyrang kishi bo‘lgan. 
Tashqi ko‘rinishidan haqiqiy turky edi. Turkiycha so‘lashar edi. Biroq 
forschani ham juda yaxhi bilar edi. Tabiatan bosiq kishi edi. Kamgap, jiddiy 
va mag‘rur edi. U hech qachon kulmas, kulimsirar, oz gapirar edi. 
Jaloliddin tashkilotchiligi va qahramonligi sababli tarixda sira o‘chmas 
nom qoldirdi. Chunki u mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurashdi va Iroq, 
G‘arbiy Eron va Ozarbayjonda yangi bir hokimiyat yaratdi. 
Jaloliddin otasining vafotidan keyin taxtga o‘tirgan. Chingizxon hujum 
qilgach, unga qarshi kurashishga kuchi yetmagan va 300 ta odami bilan 
vatani Xorazmni tashlab ketgan. Uning 11 yillik hayoti janglarda o‘tdi. 
Uning qahramonliklari haqida ko‘p ma’lumotlar bor. Eng katta va xavfli 
dushmani Chingizxon uning jasurligiga tan bergan. Sind daryosi bo‘yidagi 
jangda Jaloliddin yengiladi va daryoni kechib Hindistonga o‘tadi. Bu jangda 
Jaloliddinning 7 yoshli o‘g‘li Chingizxonga asir tushadi va vahshiylarcha 


137
o‘ldiriladi. Shundan keyin Jaloliddin hamma xotinlarini va hatto onasini ham 
mo‘g‘ullarga asir tushmasligi uchun Sind daryosiga cho‘ktiradi. Buni ko‘rgan 
Chingizxon o‘z hayratini yashira olmay: “Bir otaning ana shunday o‘g‘li 
bo‘lishi lozimi”, – deydi.  
(“Tafakkur” jurnalidan) 

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling