Matn bo‘yicha savol va topshiriqlar:
I. Savollarga javob bering.
Xaritaga qarab O‘zbekiston joylashuvini tushuntiring.
O‘zbekistonning iqlimi haqida gapirib bering.
O‘zbekistonda qanday tog‘lar bor?
O‘zbekiston hududida qanday vohalar bor?
Quyidagi fikrni qaysi abzasga qo‘shish mumkin:
Mintaqada suv tanqisligi mumammosi mavjud.
II. Gaplarning xato yoki to‘g‘riligini aniqlang:
Respublika shimolda va janubi-sharqda Qozog‘iston bilan
chegaradoshdir.
Respublika g‘arbda Turkmaniston, sharqda esa Afg‘oniston bilan
chegaradoshdir.
Respublika sharqda va janubi-sharqda Qirg‘iziston va Tojikiston bilan
chegaradoshdir.
O‘zbekiston iqlimi keskin o‘zgaruvchan nomo‘tadil iqlimdir.
Respublika hududining yarmi tog‘oldi hududidir.
Tog‘lar orasida ulkan Qashqadaryo, Surxondaryo, Zarafshon va
Samarqand vohalari bor. Bularning eng kattasi – Surxondaryo vodiysi.
O‘zbekiston oltin zaxirasi bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi o‘rinda turadi.
G R A M M A T I K A
O‘ZBEK TILIDA HARAKAT VA HOLAT BELGISINING
IFODALANISHI
(Ravish)
Ravish harakatning belgisi, tarzi, miqdori, payti, o‘rni, sababi, maqsadi
kabilarni, shuningdek, belgining belgisini bildiradi. Quyidagi ma’no turlari bor:
Holat – harakatning qay tarzda bajarilishini bidiradi: astoydil, sekin, zo‘rga,
to‘satdan, birdan, tasodifan, rostdan, yolg‘ondan;
payt – harakatning bajarilish paytini bildiradi: hozir, hamisha, hanuz, doim,
sira, hech qachon, bemahal, vaqtida, oldin, keyin, so‘ng, ba’zida, hali, yana;
o‘rin – harakatning bajarilish o‘rnini bildiradi: atrofda, quyida, pastda,
yuqorida, tepada, oldinda, orqada, tubida, yaqin, uzoq, har yerda;
136
Do'stlaringiz bilan baham: |