Microsoft Word Норматова Шоира darslik 11. 02 2015. doc
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
Ozbek-tili.-Darslik.-Sh.Normatova-M.Abduraxmonova.-2014
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7. Nuqtalar o‘rniga mos qo‘shimchalarni qo‘ying.
‘
zingizni tekshrinig 130 6. Ko‘makchi fe`lli so‘z qo‘shilmasi noto‘g‘ri berilgan qatorni toping. A. Kulib yubordi B. Ko‘rib qoldi C. O‘qib berdi D. Boshlay boshladi 7. Nuqtalar o‘rniga mos qo‘shimchalarni qo‘ying. “Ma’naviyat” tushunchasining ilmiy, falsafiy, adabiy yoki oddiy tilda ifodala…adigan ko‘plab ta’rifini kel…ish mumkin. “Ma’naviyat” tushunchasining mazmuni faqat “ma’ni” “ma’no” degan so‘zlar doirasida chegarala...ib qolmaydi. Nega de...ganda , ruhiyati bilan chambarchas bog‘langan bu tushuncha har qaysi odam, jamiyat, millat va xalq hayotida hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydigan alohida o‘rin tuta...di. A. –in, -tir, -O, -il, -il; B. –n, -tir, -n, -O, -O; C. –O, -tir, -t, -il, -il; D. –n, -tir, -O, -il, -O; 8. Quyidagi fe’llardan orttirna nisbat yasang. Kelmoq, tasdiqlamoq, ochmoq, gapirmoq, ketmoq. A. –kaz, -tir, -dir, -tir, -qaz B. –tir, -t, -tir, -tir, -tir C. –tir, -t, -ir, -tir, -kaz D. –tir, -t, -tir, -tir, -giz 9. Mos ko‘makchi fe’lni qo‘ying. Yuragi, tafakkuri, mafkurasi, niyati boshqa bo‘lgan kimsalar bundan buyog‘iga aravadan tushib qola .......di. A. boshlamoq B. bermoq C. olmoq D. Yozmoq 10. Mos ko‘makchi fe’lni qo‘ying. Xomashyo zaxiralari nazorat qilinmaganligi natijasida ular tashib ket ... A. -ib boshlandi B. -a boshlandi C. -ila boshlandi D. -ishni boshladi 131 SAYYORA Sayyora onasidan uch yuz ming so‘m olgan edi. Buni, albatta, Tursunali aka bilmasdi. Biroq Tursunali akaning o‘zi ham qizidan pul ayamasdi, ko‘p yuborardi, bundan tashqari deyarli har hafta meva-cheva, pista-bodom yuborib turardi. Balki shuninig uchun ham Sayyora kursdosh qizlar ichida eng yaxshi va chiroyli kiyinadigan qiz edi. Lekin, shu bilan birga, ba’zi qizlarga o‘xshab molparast emas edi. U narsa qidirmas edi, biror narsa kerak bo‘lsa, darrov yaqin o‘rtadagi do‘kondan topib kelardi. Lekin shu qiyinchiliksiz topib kelgan narsasi ham o‘ziga yarashar va hammaning havasini keltirar, dugonalari “ Qayerdan olding?” deb so‘ray boshlar edilar. Sayyora odamlar bilan bo‘lishni, ular qizmi, yigitmi, baribir bo‘sh vaqtini zavq bilan quvnoq o‘tkazishni yaxshi ko‘rardi. Buni bilib qolgan yigitlar uni doimo o‘zlari bilan birga olib yurishar, uni o‘z singillaridek ko‘rishardi. Qizlar bilan ham uning aloqasi yaxshi edi. Kursdosh qizlar tez- tez unikiga kelib turishar, sirlarini unga aytishar edi. Sayyora dadasining xatini esladi: “Abdulla yaxshi yuribdimi? U bilan aloqalaring qalay? Mendan salom aytib qo‘y, yaqinda maqolasi chiqqan jurnalni yuboraman…” Dadasining ilmoqli gapi uni birinchi marta turmush qurish haqida jiddiy o‘ylashga majbur qildi. U ko‘p yigitlarga yoqishini bilardi. Ular-chi? Ular unga yoqadimi? Sayyora o‘zi bilgan yigitlarni bir-bir eslab ko‘rdi. Yo‘q, ular unga yoqmasdi. Hammasi yaxshi yigitlar, lekin hech biri yuragini jizillatmaydi. Abdulla-chi? U boshqa gap. Ko‘p o‘qiydi, aqlli, tartib bilan kiyinadi. Bolalar hazillashib uni “Bo‘lajak Eynshteyn” deyishardi. Lekin bu hazilda qandaydir haqiqat bor. Hech kim uning kurs ishi, juda yengillik bilan tayyorlagan kurs ishi, bunchalik muvaffaqiyatli chiqadi, deb o‘ylamagan edi. Ba’zi uni ko‘rolmaydiganlar hasaddan yorilayozdi. Abdulla unga katta hurmat bilan qarar va uni doimo o‘zidan baland qo‘yar edi. Buni Sayyora bilardi. Shuning uchun ham u boshqa yigitlardan ko‘ra uni o‘ziga yaqin tutar, hatto ba’zan eng yashirin sirlarini ham unga aytib yuborar edi. Tanish-bilishlari ichida eng yaxshisi – shu. Lekin Sayyora uni sevadimi? Sevib qolishi mumkinmi? Agar sevmasa-chi? U sevgisiz hayotni istamaydi. Bu xayollar Sayyoraning boshini g‘ovlatib yubordi. (O‘lmas Umarbekovdan) Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling