Microsoft Word Норматова Шоира darslik 11. 02 2015. doc
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
Ozbek-tili.-Darslik.-Sh.Normatova-M.Abduraxmonova.-2014
Mustaqil ta’lim 132 Matn bo‘yicha topshiriqlar 1. Matnni o‘qing va tarjima qiling. 2. Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalarini toping, ko‘makchi fe’llarning vazifasini tushuntiring. 3. Sizningcha, Sayyora qanday qiz? 4. Sayyoraning hayot tarziga qanday baho berasiz? 5. Oila va muhabbatga munosabatingizni yozma ravishda bayon qiling. 133 6-DARS O‘ZBEKISTON VATANIM MANIM 6 A Tayannch so‘z va iboralar: geografik joylashuv, shimol, shimoli-sharq, sharq, janubi-sharq, chegaradosh, past tekislik, bepoyon, yerosti boyliklari, o‘rtacha, dasht-u cho‘llar, singib ketmoq, xomashyo, allaqachon, o‘rtasida, geologik tuzilishi, foydali qazilmalar, zaxirasiga ega, o‘zgaruvchan, quyiladi, ta’min etib turuvchi, sun’iy ko‘llar, o‘rmon va tog‘oldi Matnni o‘qing O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI (HUDUDI VA IQLIMI) O'zbekiston Respublikasi Amudaryo va Sirdaryo oralig‘ida joylashgan, maydoni 447,4 ming kv.km. Respublika chegarasi g‘arbdan sharqqa – 1425 km, shimoldan janubga qadar – 930 km masofani tashkil etadi. Respublika shimolda va shimoli-sharqda – Qozog‘iston, sharqda va janubi-sharqda – Qirg‘iziston va Tojikiston, g‘arbda – Turkmaniston, janubda esa – Afg‘oniston bilan chegaradoshdir. Afg‘oniston bilan davlat chegarasining uzunligi – 137 km, Qоzоg‘iston bilan – 2.203 km, Qirg‘iziston bilan – 1.099 km, Tojikiston bilan – 1.161 km. va Turkmaniston bilan – 1.621 kmdan iborat. O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida juda qulay tabiiy- geografik sharoitlarga ega. Mamlakat hududi o‘ziga xos pasttekislik va tog‘ relyefini o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston hududining katta qismini (4/5 qismi atrofida) pasttekisliklar tashkil etadi. Shulardan eng muhimi Turon pasttekisligidir. Mamlakat sharqi va shimoli-sharqida Tyan-Shan va Pomir tog‘ (mamlakatning eng yuqori nuqtasi (4643m.) tizmalari joylashgan. O'zbekiston hududi markazida dunyoning bepoyon cho‘llaridan biri – Qizilqum yastanib yotadi. Mamlakat yerosti boyliklari tabiiy gaz, qo‘ng‘ir va toshko‘mir, oltin, mis, volfram, vismut hamda ochiq neft konlari zaxirasiga ega. 134 O'zbekiston iqlimi keskin o‘zgaruvchan kontinental (mo‘tadil) iqlimdir. Mintaqadagi kunduzgi va tungi, yozgi va qishki havo harorati keskin farqlidir. Mamlakatning eng yirik daryolari Amudaryo va Sirdaryo. Amudaryo uzunligi -1437 km., Sirdaryo-2137 km ga еtadi. O'zbekistonning ko‘pgina ichki daryolari suvi oquvi davomida keng dashtu-cho‘llarga singib ketadi, faqatgina Amudaryo va Sirdaryo Orol dengiziga borib quyiladi. Respublikada mamlakatni yil davomida suv bilan ta’min etib turuvchi Chordara kabi bir necha sun'iy ko‘llar mavjud. Mamlakat faunasi juda turli-tumandir. Cho‘llarda juda kamyob hisoblanadigan sayg‘oq va uzunligi 1,5 metrga keladigan echkiemar, baland tog‘larda esa ilvirs va tog‘ echkisining noyob turlari uchraydi. Respublika hududining 1/5 qismini tog‘ va tog‘oldi hududlari tashkil etadi. Sharqiy hududi o‘rta va baland tog‘li relyefdan iborat: respublika hududi G‘arbiy Tyan-Shan (Ugom, Pskem, Chotqol va Qurama tog‘ tizmasi) va Pomir-Oloy (Zarafshon, Turkiston, Hisor, Qo‘hitangtog‘ va Boysuntog‘ tog‘ tizmasi) tog‘ tizmalari yonbag‘rini o‘z ichiga oladi. Janubdan g‘arbga tomon ular qiyalab boradi va pasttekislikka qo‘shilib ketadi. Ushbu tog‘lar orasida ulkan Qashqadaryo, Surxondaryo, Zarafshon va Samarqand vohalari yastanib yotadi. Bularning eng kattasi hisoblangan Farg‘ona vodiysi bo‘ylamasiga – 370 kilometr, kengligi esa 190 kilometrga yetadi. U uch tomondan baland tog‘lar bilan o‘ralgan va faqat g‘arb tomonigina tekislikdir. Afg‘oniston bilan chegaradosh hududda Amudaryo deltasi yoyilib yotadi. O‘zbekiston Respublikasi ulkan sanoat va minerallar xomashyo, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, qayta ishlash jarayonida olinadigan katta miqdordagi yarim tayyor mahsulotlar, tabiiy boylik zaxiralari va rivojlangan infratuzilma imkoniyatlariga ega. Yerosti zaxiralarini zamonaviy ravishda izlab topish ishlari qimmatbaho, rangli va noyob metallar zaxiralari, turli organik yoqilg‘i mahsulotlari, neft, tabiiy gaz va gaz kondensati, qo‘ng‘ir va yarim koksga oid ko‘mir, slanes yoqilg‘isi, uran va ko‘pgina qurilish uchun zarur xomashyo turlariga boy konlarni o‘zlashtirish bilan bog‘liqdir. O‘zbekiston hududida taxminan yuzdan ortiq mineral xomashyoni o‘z ichiga olgan, binobarin, bulardan oltmish turi xalq xo‘jaligida allaqachon foydalanilayotgan ko‘pgina foydali qazilmalar kompleksi aniqlangan. O‘zbekiston oltin, uran, mis, tabiiy gaz, volfram, kaliy tuzi, fosforitlar, kaolin kabi foydali qazilmalar zaxirasi bo‘yicha nafaqat MDH davlatlari o‘rtasida, balki butun dunyoda yetakchi o‘rin egallashi tasdiqlangan. Jumladan, oltin zaxirasi bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi, uni qazib olish bo‘yicha yettinchi, mis zahirasi bo‘yicha o‘ninchi-o‘n birinchi o‘rinlarni, uran zaxirasi 135 bo‘yicha yettinchi-sakkizinchi, qazib olishda o‘n birinchi-o‘n ikkinchi o‘rinlarni egallashi qayd etilgan. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling