Microsoft Word Норматова Шоира darslik 11. 02 2015. doc


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/143
Sana10.09.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1675273
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   143
Bog'liq
Ozbek-tili.-Darslik.-Sh.Normatova-M.Abduraxmonova.-2014

 
2-mashq. Nuqtalar o‘rniga qavs ichidagi so‘zlardan mosini qo‘ying. 
1. Men hovlida yashayman. Hovlimda …. (kechki, yozgi,) mevalar bor. 
2.Men har xil odamlar bilan suhbatlashganman. Ular ichida …. (aqlli, 
kerakli, katta) odamlar ham (kuchsiz, ahmoq, tuzsiz), … odamlar ham bor. 3. 
Ukam ertalab … (shakarli, sutli, shakarsiz) choy ichishni yaxshi ko‘radi. 4. 
Doktor kasalga … (foydali, chiroyli, keraksiz) maslahatlar berdi. 5. Bu 
shartnomadan ikkala tomon ham…. (boy, manfaatdor, kuchli) 6. Shohruh 
universitetda juda yaxshi o‘qigan, iqtisodiyot fanini juda yaxshi biladi, u 
kelajakda ... (foydali, ilmiy, harbiy) ish yozmoqchi.  
 
 


71
3-mashq. Nuqtalar o‘rniga berilgan so‘zlardan mosini qo‘ying:
madaniy, sho‘r, kichik, kambag‘al, aqlli, ahmoq, milliy 
1. Ovqatga tuzni ko‘p solibsan, ovqating ..... bo‘libdi. 2. Do‘ppi va chopon 
o‘zbeklarning..... kiyimi. 3. O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida iqtisodiy va ..... 
aloqalar rivojlanyapti. 4. Vatikan dunyodagi eng …. mamlakatdir. 5. Agar 
odamda muammo paydo bo‘lsa, …. kishi muammoning sababini o‘zidan izlaydi, 
... .... kishi boshqa odamlardan qidiradi. 6. Afrika mamlakatlarida aholining 
....qismi ko‘pchilikni tashkil qiladi.  
 
4-mashq. Nuqtalar o‘rniga mos sifatlarni qo‘ying. 
Namuna: Dunyodagi .....yozuvlardan biri mixxat yozuvidir. – Dunyodagi 
eng qadimgi yozuvlardan biri muxxat yozuvidir.
1.Go‘dak uchun .... oziq ko‘krak sutidir. 2. Inson uchun hayotda salomatlik 
...... narsa yo‘q. 3. Giyohvand moddalarni suiiste’mol qilish........oqibatlarga olib 
kelishi mumkin. 4. Giyohvand moddalar savdosi ...... daromad manbai 
hisoblanadi va bu ish bilan shug‘ullanuvchilar o‘z daromadlarini oshirish uchun 
hech narsadan qaytmaydilar. 5. Xiyobonda .......atirgullar ochilib yotibdi. 6. 
Akam mendan uch yosh katta bo‘lsa ham bo‘yi menikidan......7. Everest 
dunyodagi...... cho‘qqidir. 8. Kishilarni giyohvand moddalarga o‘rgatib qo‘yish, 
xalqlarni o‘ziga qaram qilib olish maqsadida tekinga tarqatish BMT tomonidan 
insoniyatga qarshi ..... jinoyatlardan biri deb tan olingan. 
5-mashq. Nuqtalar o‘rniga mos sifatni qo‘yib, maqollarni izohlab bering. 
1. Mard bir o‘lar, ..... – yuz o‘lar. 2. ..... gapning to‘qmog‘i bor. 3. ...siz 
yangi bo‘lmas, ...siz yaxshi bo‘lmas. 4. ... odam til bilan kuydiradi. 5. .... 
daraxtning shoxi tikka. 6. ...... toshning og‘irligi yo‘q. 7. .... pichoq qo‘l kesar. 
8..... boydan yurt qolmas, .... boydan cho‘p qolmas. 9. .... g‘azab – o‘zingga azob. 
10. .... o‘rtoq ham oshingni yer, ham boshingni. 
6-mashq. Birikma tuzing: 
Qobiliyatli 
baland 
keng 
tor 
semiz 
ozg‘in 
uzun
qisqa 
kuchli 
iqtisodiy 
milliy 
harbiy 
foydali 
ko‘cha 
bo‘y 
ayol 
shim 
urf-odat 
soch 
vaqt 
vazir 
maslahat 
siyosatchi 
qiz 
manfaat 
talaba 


72
7-mashq. Insonning tashqi qiyofasini va fe`l-atvorini ifodalovchi 
sifatlarni yozing. 
Namuna: 1.Yuz (co‘zinchoq, dumaloq, kichkina). 
2. Ijobiy xislatlar: samimiy, yumshoq, sodda; salbiy xislatlar: 
ayyor, xudbin. 

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling