Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc


Kishi qachon kafforat uchun vasiyat qiladi?


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/138
Sana04.10.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1691644
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   138
Bog'liq
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

Kishi qachon kafforat uchun vasiyat qiladi?  
Kishi namoz o‘qishga va ro‘za tutishga kuchi yetgan holda o‘qiy olmagan namozining, tuta 
olmagan ro‘zasining kafforatini berishni vasiyat qilishi mumkin. 
Qancha kafforat beriladi  
Vafot qilganning valiyi (o‘zidan keyin mol- mulkidan sarflashga mas’ul kishi) u qoldirgan molning 
uchdan biridan vitr namozini ham qo‘shib, kuniga olti vaqt namozning har biri uchun va har kunning 
ro‘zasi uchun yarim so’ (1456 yoki 1664 gr.) bug‘doy yoki uning qiymatini beradi. Marhum vasiyat 
qilmagan taqdirda valiyi o‘z molidan uning kafforatini berishi joizdir. Faqat marhum tuta olmagan 
ro‘za va o‘qiy olmagan namoz o‘rniga ro‘za tutishi namoz o‘qishi durust emas. 
Fidya (tovon) kimga to‘lanadi?  
Qasam kafforatining aksi o‘laroq, bir necha namozning (va bir necha kunlik ro‘zaning) kafforat 
badalini yagona faqirga bir martada berish mumkin. Xoh tirik, xoh marhum kishi qasamining kafforat 
badali yolg‘iz bir faqirga emas, o‘nta faqirga berilishi kerak. Har kun bittadan fidyani bir faqirga berish 


Nurul Izoh 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
57
ham mumkin. Alloh subhanahu va taolo hammadan ko‘ra yaxshiroq bilguvchidir. 
 
O’z vaqtida o‘qilmagan namozlarning qazosi  
Bunda tartibga, ya’ni qazo namozlari bilan vaqt namozlari orasida hamda qazo namozlarining o‘z 
orasida ham ketma-ketlik tartibiga rioya qilish vojibdir. 
Izoh: Ma’lum bir navbatga rioya qilish hususida Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam
shunday deganlar: "Kim bir vaqt namozni uxlab qolib yoki unutib qazo qoldirsa-yu) so‘ngra imomga 
iqtido qilib (keyingi farz namozini) o‘qiyotganida (qazo qilgan namozi) esiga tushib qolsa, imom bilan 
o‘qiyotgan namozni bitirsin, so‘ng esiga tushgan namozini o‘qisin. Buning orqasidan esa (imom bilan 
o‘qigan namozini) takror o‘qisin. Avval qazo, so‘ngra vaqt namozi o‘qiladi. Qazo namozlarda ham ilk 
qazo bo‘lgan namozdan boshlab o‘qiladi. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling