Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/138
Sana04.10.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1691644
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   138
Bog'liq
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

www.ziyouz.com kutubxonasi 
59
5. Bir farz namoz takroran o‘qilmaydi. 
Izoh: Farz namozni bir marta o‘qigach, qayta farz niyatida o‘qimaslik haqidagi hukmga turlicha 
ma’nolar berilgan. Ba’zilar buni jamoat bilan o‘qilgan bir namoz takror azon va takbir aytib, aynan 
avvalgisidek, jamoat bilan o‘qilmaydi, deb sharhlaganlar. Ba’zilar esa hech qanday sababsiz, 
namozim buzildimikin, degan shubha bilan kishi o‘qigan farz namozini takroran o‘qiy olmaydi, deb 
bayon qilganlar. 
 
Sahv sajdasining hukmi 
Namozda adashib vojibni tark qilgan kishiga ikki sajda, bir tashahhud va salom vojib bo‘ladi. Sahv 
sajdasini lozim qilgan sabab takrorlanishi bilan yana takror sahv sajdasi qilinmaydi. 
Vojibni bila turib, tark qilish  
Bilgan holda vojibni tark qilgan kishi gunohkor bo‘ladi va bu nuqsonni tuzatish uchun sahv sajdasi 
kifoya qilmaganidan, namozini takror o‘qishi zarur. 
Bilgan holda vojibni tark qilgan kishi sahv sajdasi qilmaydi. Faqat quyidaga uch holat bundan 
mustasnodir, ya’ni, bularni bila turib, tark qilgan kishi ham sahv sajdasi qiladi: 
1. Ilk qa’dani tark qilish; 
2. Bir rakatning ikki sajdasidan birini namoz oxirigacha kechiktirish
3. Bir ruknni bajarish mikdoricha qasdan xayol surish. 
Sahv sajdasining o‘rni  
Sahv sajdasini salom berganidan so‘ng ado etish sunnatdir. Imom o‘ng tomonga bergan salomi 
bilan kifoyalanib, sahv sajdasi qiladi. Salom bermasdan avval sahv sajdasi qilish tanzihan makruhdir. 
Sahv sajdasi qachon soqit bo‘ladi?  
1. Bomdod namozida salomidan so‘ng quyosh chiqishi tufayli. 
2. Asr namozida quyoshning rangi o‘zgarib, qizarsa. 
3. Salomdan so‘ngra (bir joydan qon chiqishi kabi) namozga zid uzrli sabab namozni davom 
ettirishga to‘siq bo‘lsa. 
Kimlar sahv sajdasi qilishi lozim?  
1. Imomga iqtido qilgan kishi xatosi tufayli sahv sajdasi qilmaydi. Faqat tshomning xatosi tufayli 
(imom bilan birga) sahv sajdasi qiladi. 
2. Masbuq imom bilan birga sahv sajdasi qiladi, so‘ngra namozning qolgan qismini davom ettirish 
uchun o‘rnidan turadi. 
3. Masbuq (namozning qolgan qismini o‘qiyotganida) xato qilsa, buning uchun ham sahv sajdasi 
qiladi. Ammo lohiq (namozni imom bilan birga boshlagan kishi, namoz asnosida mudrash va boshqa 
uzrli sabablar tufayli o‘tkazib yuborgan qismlarni o‘qiyotganida xatoga yo‘l qo‘ysa, sahv 
sajdasi qilmaydi. 
Imom juma va hayit namozlarida jamoat ko‘p bo‘lgani bois ularga qiyinchilik bo‘lishidan qochish 
va fitna chiqarmaslik uchun sahv sajdasi qilmaydi. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling