Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/138
Sana04.10.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1691644
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   138
Bog'liq
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

Namozdagi ba’zi xatolar


Nurul Izoh 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
60
1. Imom yoki yolg‘iz o‘zi o‘qiyotgan kishi farz namozlarning ilk qa’dasini unutgan holda tark etib, 
uchinchi rakatga turayotganida, to‘liq qad rostlamasdan avval, eslasa tashahhudga qaytib o‘tiradi. 
2. Imomga iqtido qilgan kishi esa, nafl namoz o‘qiyotgan kishi kabi, to‘liq qad rostlagan bo‘lsa 
ham, tashahhudga qaytadi. 
3. Imom yoki yolg‘iz o‘zi namoz o‘qiyotgan kishi ilk qa’dani tark etib, qiyomga yaqin bo‘laturib, 
tashahhudga qaytsa, sahv sajdasi qilishi lozim. 
4. Qa’daga yaqinroq Turgan holatda orqaga qaytsa, sahv sajdasi qilmaydi. 
5. Imom yoki yolg‘iz namoz o‘qiyotgan kishi oxirgi qa’dani unutib, ortiqcha rakatga turib ketsayu, 
sajda qilmagan bo‘lsa, qaytib o‘tiradi va farz bo‘lgan qa’dani kechiktirgani uchun sahv sajdasi qiladi. 
6. Agar sajda qilgan bo‘lsa, namozi butunlay naflga aylanadi. Bunday hollarda, xohlasa, asr 
namozida bo‘lsa ham, ushbu qo‘shimcha beshinchi rakatga yana bir rakat qo‘shadi. Bomdod namozida 
esa uchinchi rakatga qo‘shimcha yana bir rakat qo‘shadi. 
Ammo sajdai sahv qilmaydi. Ushbu farz namozi qayta o‘qiladi. 
7. Oxirgi qa’dani ado etgach (salom bermasdan), o‘rnidan turib ketsa va (qo‘shimcha rakatda sajda 
qilmagan bo‘lsa) o‘tiradi va takror tashahhud o‘qimasdan salom beradi va sahv sajdasi qiladi. 
10. Qo‘shimcha rakatga sajda qilgach, salom bermasdan turib ketganligini eslasa, qaytib o‘tirmaydi 
va yana qo‘shimcha bir rakat qo‘shadi, bu ikki rakat nafl namoz bo‘ladi, so‘ng vojib bo‘lgan salomni 
tark qilgani uchun sahv sajdasi qiladi. 
11. To‘rt rakatli sunnat (nafl) namoziii o‘qishni niyat qilib, dastlabki ikki rakatida sahv sajdasi 
qiladigaya bo‘lsa, so‘nggi ikki rakatni unga qo‘shmay gugatish mustahabdir. Shunga qaramasdan 
keyingi ikki rakatni turib o‘qigan taqdirda, sahv sajdasini taqror qilishi kerak. 
12. Sahv sajdasi qiladigan imomga salom berayotganida' iqtido qilgan kishining namozi, agar imom 
sahv sajdasi| qilsa, sahih bo‘ladi. Aks holda, sahih emas. 
13. Zimmasida sahv sajdasi bor bo‘lgan kishi, namozdan chiqish maqsadida salom bergap bo‘lsa 
ham, yuzini qibladan o‘girmagai yoki gapirmagan bo‘lsa, sahv sajdasini ado etilish kerak. 
14. Agar namoz o‘qiyotgan kishi uch yo to‘rt rakat o‘qiganiga; shubhalanib, salomdan so‘ng, 
boshqa ishga mashg‘ul bo‘lmay ikki rakat o‘qiganini anglasa, darhol qolgan qismini ham o‘qib, sahv 
sajdasi qiladi. 
15.Shuningdek, kishi namozini to‘liq o‘qigani yo to‘la o‘qimagani xususida ruku yoki sajda qila 
olarlik miqdoricha o‘ylaiib qolsa-yu, bir qarorga kelguiicha salom bermasdan, kutib tursa, sahv sajdasi 
vojib bo‘ladi. Aks holda: sahv sajdasi shart emas. 
A Namoz shubha bilan qachon buziladi?
Kishi bir namozni tamomlamasdan avval necha rakat o‘qigani haqida shubha qilsa, hamda bu 
shubha ilk marotaba yuz berayotgan bo‘lsa yoki odatiy hol bo‘lmasa, bu namoz buziladi. U namozni 
takror o‘qishi lozim. Salom bergach, yuzaga chiqqan shubhaga e’tibor berilmaydi. Bu holda biror 
ruknni tark qilganini aniq bilsa, namozini takroran o‘qiydi. 
Shubhaning ko‘p bo‘lishi
Bunday holat kishida juda ko‘p sodir bo‘lsa, qalbi ko‘proq moyil bo‘lgan tomonga qarab harakat 
qiladi. 
Izoh: Agar kishi namozni to‘liq o‘qiganiga qanoat hosil qilsa-yu, salom berganidan so‘ng ishonchli 
bir kishi bir rakat kam o‘qiganini aytsa, u holda kishi o‘z shaxsiy qanoatini asos qilib oladi va 
boshqaning ogohlantirishiga e’tibor qilmaydi. Ammo bu kamchilik ikki ishonchli kishi tomonidan 
xabar berilsa, kishi o‘zining to‘g‘ri o‘qiganiga qanoat hosil qilsa ham, ikki kishining so‘zi bo‘yicha 
amal qiladi. Imom bilan jamoat necha rakat o‘qiganlari haqida ixtilof qilib qolsa-yu, imom o‘z shaxsiy 
qanoatiga ishonch hosil qilsa, unga ko‘ra, aks holda jamoat nuqtai-nazariga ko‘ra, agar jamoatning 
bir qismi imomning qanoatini quvvatlasa, unda ham o‘z qanoatiga ko‘ra amal qiladi. 
Agar qalbi bir tomonga moyillik qilmasa, (ikki rakag o‘qidimi, to‘rt rakat o‘qidimi, qat’iy qaror 


Nurul Izoh 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling