Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc
Tilovat sajdasi kimlarga vojib, kimlarga vojib emas?
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tilovat sajdasiniig vaqti va shakli
Tilovat sajdasi kimlarga vojib, kimlarga vojib emas? Sajda oyatlaridan birini eshitgan kishiga, eshitishni : qasd qilmagan bo‘lsa ham, tilovat sajdasi vojib bo‘ladi.Sajda oyatini o‘qish va eshitish bilan, hayz va nifosdagi ayollarga sajda qilish vojib bo‘lmaydi. Imomga iqtido qilgan kishi sajda oyatini o‘qisa, imomga ham, jamoatga ham sajda qilish vojib bo‘lmaydi. Faqat imom va jamoat sajda oyatini namoz o‘qimayotgan bir kishidan eshitsalar, namozdan so‘ng sajda qilishlari lozim. Bu hodda agar namoz asnosida sajda qiladigan bo‘lsalar, zimmalaridogi sajda o‘rniga o‘tmaydi, ammo namozlari ham buzilmaydi. Ishonchli nuqtai nazarga ko‘ra, ma’nosiny tushunish sharti bilan, forscha kabi (boshqa tilda) sajda oyati eshitilsa ham, sajda qilish vojib bo‘ladi. Uxlayotgan kishidan, yosh boladan, hayz yo nifosdagi ayoldan sajda oyati eshitilganida ham sajda qilish vojib. To‘tiqush va aks sadodan eshitilgan sajda oyati tufayli sajda qilish vojib bo‘lmaydi. Izoh: Zamonamizda mavjud bo‘lgan radio, televizor va shunga o‘xshash vositalardan Quroni karimni tinglash bilan savob qozonilganidek, sajda oyatini eshitish tufayli sajda qilish vojib bo‘ladi. Tilovat sajdasiniig vaqti va shakli 1. Namozda sajda oyati o‘qilganida, tilovat sajdasi uchun ruku yo sajda qilish bilan ado etiladi. 2. Sajda oyatidan so‘ng ikkidan ortiq oyat o‘qimay tilovat sajdasini niyat qilib namozning rukusiga borsa va uni niyat qilmasa ham, namozning sajdasini qilsa, tilovat sajdasi o‘rniga o‘tadi. 3. Kishi imomdan sajda oyatini eshitib, u imomga iqtido qilmasa ham, yoki (sajda oyati o‘qilgan rakatdan) boshqa rakatda mazkur imomga iqtido qilsa ham? namozdan so‘ng tilovat sajdasi qiladi. 4. Imom sajda oyati o‘qigan rakatda hali imom tilovat sajdasini qilmasdan unga iqtido qilgan kishi, Nurul Izoh www.ziyouz.com kutubxonasi 63 imom bilan birga sajda qiladi. Ammo shu rakatda imom o‘qigan oyat sajdasini qilganidan so‘ng, imomga iqtido qilsa, tilovat sajdasi qilmaydi. 5. Namoz asnosida qilinishi lozim bo‘lgan tilovat sajdasi namoz ichida ado qilinmagan bo‘lsa, namozdan keyin ado qilinmaydi. Chunki namoz ichida qilinishi lozim bo‘lgan tilovat sajdasi uchun shunday ulug‘ daraja borki, namozdan keyingi sajdalar uning o‘rniga O’tmaydi. 6. Kishi namozdan boshqa payt sajda oyati o‘qib (yoki eshitib) sajda qilgach, ayni joyda namozni boshlab, o‘sha oyatni o‘qisa, takror sajda qiladi. Agar avval aytilgan sajdani qilmagan bo‘lsa, namozdagi sajda ikkala sajdaning o‘rniga o‘tadi. 7. Ayni joyda bir sajdai oyatni ikki yoki undan ko‘p bora o‘qigan kishi bir marta tilovat sajdasi qiladi. 8. Faqat boshqa-boshqa joylarda bir sajda oyatini o‘qigan kishi uchun bir marta tilovat sajdasi qilish kifoya emas. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling