Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/138
Sana04.10.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1691644
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   138
Bog'liq
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

www.ziyouz.com kutubxonasi 
65
va bemorning juma namozida imom bo‘lishi joizdir. 
Juma namozining xutba va sunnatlari
Juma xutbasida tasbeh yoki tahmid bilan kifoyalanish, karohat bilan joizdir. 
Juma xutbasining o‘n sakkiz sunnati bor: 
1. Xutba o‘qiydigan kishining najosat va janobatdan pok bo‘lishi. 
2. Avrat joylarini berkitishi. 
3. Xutbani boshlashdan avval minbarda o‘tirishi. 
4. Imom-xatibning oldida azon aytilishi. 
5. Imom-xatibning azondan so‘ng, urush bilan qo‘lga kiritilgan joylarda chap qo‘lida ushlagan 
qilichga tayanib, sulh orqali olingan joylarda esa, qilichsiz (xutba o‘qish uchun) o‘rnidan turishi. 
6. Imom-xatibning jamoatga yuzlangan holda xutba o‘qishi. 
7. Xutbani Allohga hamdu sano bilan boshlashi. 
8. Kalimai shahodatni o‘qishi. 
9. Payg‘ambarimizga, sollallohu alayhi va sallam, salavot aytishi. 
10. Jamoatga va’z-nasihat qilishi. 
11. Jamoatga Allohning azobidan qutqaradigan sabablarni eslatishi. 
12.Qur’ondan biror bir oyat o‘qishi. 
13.Xutbani ikkiga bo‘lishi. 
14.Ikki xutba orasida o‘tirishi. 
15.Ikkinchi xutbani ham yana Alloh taologa hamdu sano va Payg‘ambarimizga, sollallohu alayhi va 
sallam, salavot bilan boshlashi. 
16.Ikkinchi xutbada barcha mo‘minlarga duo va mag‘firat tilashi. 
17. Jamoatning xutbani eshitishi. 
18. Har ikki xutbani tivoli mufassal, ya’ni Qur’oni karimning Hujurot surasidan Buruj surasigacha 
bo‘lgan qismi uzunligida qilishi. Bundan cho‘zish va sunnatlardan birini tark qilish makruhdir. 
Juma namoziga oid turli masalalar
1. Juma kuni birinchi azon aytilgach, musulmonlarning savdo-sotiq (kabi dunyo) ishlarini to‘xtatib, 
juma namoziga borishlari farzdir. 
2. Imom minbarga chiqsa, xutba va juma farzi tamom bo‘lgunicha, gapirish va nafl namoz o‘qish 
joiz emas. 
3. Xutba eshitayotganlarning yeb-ichishlari, keraksiz narsalar bilan shug‘ullanishlari, u yoq-bu 
yoqqa qarashlari, salomga alik olishlari hamda aksirganga "yarhamukalloh" deb javob qaytarishlari 
makruhdir. 
4. Imom-xatib minbarga chiqqach, jamoatga salom bermaydi. 
5. Azon aytilgach, juma namozini o‘qimasdan safarga otlanish (tahriman) makruhdir. 
6. Bemor, musofir va ayollarga o‘xshash juma namozini o‘qishi farz bo‘lmagan kishilar, agar juma 
namozini o‘qisalar, peshin namozining o‘rniga o‘tadi va peshin namozi ulardan soqit bo‘ladi. 
7. Hech qanday uzrsiz juma namoziga mukallaf bo‘lgan kishilarning juma namozi o‘qilmasdan 
avval peshin namozini o‘qishlari haromdir. Shunga qaramay, uyida peshin o‘qiganidan so‘ng, 
pushaymon bo‘lib, imom hali namozni tamomlamasdan, masjid sari otlansa, namozga ulgurmasa ham, 
o‘qigan peshin namozi botil bo‘ladi va naflga aylanadi. 
8. Bemor, musofir hamda qulga o‘xshash uzrli kishilarning juma namozi o‘qilgan joyda peshinni 
jamoat bilan o‘qishlari makruxdir. 
9. Juma namoziga tashahhudda yoki sahv sajdasida qo‘shilgan kishi juma namoziga ulgurgan 
hisoblapadi. 


Nurul Izoh 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling