Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ramazon hayitining mustahablari
- Hayit namozining vaqti
www.ziyouz.com kutubxonasi
66 Hayit namozlari hukmi va shartlari Hayit namozlari juma namozi farz bo‘lgan kishilarga vojibdir. Faqat xutba hayit namozlarida sunnatdir. Xutbani hayit namozidan avval o‘qish yoki xutba o‘qimasdan hayit namozini o‘qish karohat bilan joizdir. Ramazon hayitining mustahablari Ramazon hayitida quyidagi o‘n uch narsa mustahabdir: 1. Masjidga ketmasdan avval toq bo‘lish sharti bilan, xurmo yoki biror shirinlik yeyish. 2. G’usl qilish. 3. Tishlarni misvok (yoki tish cho‘tkasi) bilan tozalash. 4. Xushbo‘ylanish. 5. Eng chiroyli kiyimlarni kiyish. 6. O’ziga vojib bo‘lsa, hayit namozidan avval fitr sadaqasini berish. 7. Uchragan har bir insonga tabassum bilan xushmuomalada bo‘lish. 8. Iloji boricha ko‘proq sadaqa berish. 9. Ertalab barvaqt turish. 10. Hayit namozi o‘qiladigan masjidga ertaroq va ildam qadamlar bilan borish. 11. Bomdod namozini uyiga yaqin bir masjidda o‘qish. 12.Bundan so‘ng piyoda, hayit namozi o‘qiladigan masjidga borish. 13.Iloji bo‘lsa, boshqa bir yo‘ldan uyiga qaytish. Hayit namozidan avval masjidda, uyda va namozdan so‘ng esa masjidda nafl namoz o‘qish makruhdir. Hayit namozining vaqti Hayit namozining vakti quyoshning bir yoki ikki nayza bo‘yi (uch yo to‘rt metr) ko‘tarilishidan boshlab to zavoligacha bo‘lgan vaktdir. Hayit namozlarini o‘qish tartibi Hayit namoziga niyat qilib, takbiri tahrima aytiladi. So‘ngra qo‘llar bog‘lanib sano o‘qilgach, uch marta takbir aytiladi va har birida qo‘llar ko‘tariladi, birinchi va ikkinchi takbirlarda qo‘lni pastga qo‘yib yuborib, uchinchisidan so‘ng bog‘lanadi. So‘ngra xufya "Auzu" va "Bismillohni aytgach, jahran Fotiha va zam sura o‘qiydi va ruku qiladi. Hayit namozlarining dastlabki rakatida A’lo surasini o‘qish mandubdir, ikkinchi rakatni "Bismillah" bilan boshlab Fotiha va zam sura o‘qigach, birinchi rakatda bo‘lganideq, qo‘llarni ko‘targan holda, uch marta ziyoda takbir aytiladi. Uchala takbirda ham qo‘llar ko‘tarilgach, yoniga qo‘yib yuboriladi va to‘rtinchisida rukuga boriladi). Namoz o‘qib bo‘lingach, xatib xutba o‘qiydi va unda fitr sadaqasining hukmini tushuntiradi. Hayit namozini imom bilan birga o‘qiy olmagan kishi (so‘ngra) qazosini o‘qimaydi. Hayit namozini o‘qish biror uzr tufayli, faqatgina iyukinchi kunga kechiktirilishi mumkin. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling