Jasadni ko‘mish tadorigi kimning zimmasida?
1. Ayolning (yuvilishi, kafanlanishi, ko‘milishi xara-jatlari) kambag‘al bo‘lsa ham, erning
bo‘ynidadir.
2. Mulki bo‘lmagan o‘likning kafani nafaqasi bo‘yniga vojib bo‘lgan (sog‘ligida qarashga majbur
ota, o‘g‘il kabi) qarindoshlariga lozimdir.
3. Tirikligida hech kimi bo‘lmagan mayitning ko‘milishi baytulmol (tegishli shahar, qishloq idorasi)
zimmasida bo‘ladi.
4. Baytulmolning mablag‘i bo‘lmasa yoki nohaqlik qilib bermasa, bu mas’uliyat xalq orasidagi
boylarning zimmasiga tushadi.
Shariatga mos kafan
1. Erkaklarning sunnat kafani qamis, izor va lifofa-dir.
2. Erkaklarning kifoya kafani izor va lifofadir. Kafanning oq paxtadan qilingan matodan bo‘lishi
afzaldir. Izor va lifofaning uzunligi boshdan oyoqqachadir. Qamis ko‘ylak bo‘yindan oyoq
uchlarigacha bo‘lib, cho‘ntak va yenglari bo‘lmaydi, yon qo‘yilmaydi, ikki cheti birlashtirilib
tikilmaydi, yokasi pastga tomon ochilmaydi.
3. Kafan mayitning avval chap, so‘ng o‘ng tomonidan o‘raladi. Ochilib ketishi ehtimoli bo‘lsa,
bog‘lanadi.
4. Ayol kishini ko‘mishda mazkur kafanlarga yana ximor (yuzini yopadigan latta) xirqa (ko‘krakdan
tizzagacha kengligida o‘raladigan latta) qo‘shiladi. Ayollarning kifoya kafani izor, lifofa va xirqadir.
5. Ayolning sochlari ikki o‘ram shaklida o‘rilib, qamis (ko‘ylak) ustidan ko‘ksiga qo‘yiladi. Keyin
ximor bilan yuz yopiladi, so‘ng izor, lifofa o‘ralib, keyin xirqa o‘raladi. Kafanlar o‘ralmasdan oldin,
toq sonda xo‘shbo‘y qilinadi.
6. Yana "kafani zarurat" ham bor, ya’ni nima topilsa mayit shunga o‘raladi.
Janoza namozining hukmi va ruknlari
Janoza namozi farzi kifoyadir (mayit atrofidagi xalqdan bir qismi o‘qishi bilan boshqalardan farz
soqit bo‘ladi). Ruknlari takbirlar va qiyomdir.
Nurul Izoh
Do'stlaringiz bilan baham: |