Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc


vaj’alhu lana shafi’am mushaffao"


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/138
Sana04.10.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1691644
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   138
Bog'liq
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

vaj’alhu lana shafi’am mushaffao" deb duo qilinadi. 
Ma’nosi: "Allohim! Bu o‘lgan go‘dakni biz uchun hozirlangan ajr qil. Uni bizga savob, oxiratimiz 
uchun boqiy yaxshilik et va uni bizga shafoati qabul bo‘lgan shafoat qiluvchilardan ayla”.
 
Janoza namozini o‘qishga eng loyiq bo‘lgan kishi 
1. Davlat boshlig‘i. 
2. Uning vakili. 


Nurul Izoh 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
74
3. Qozi (shar’iy hakam). 
4. Mahalla imomi va keyin mayitning voliyi. 
5. Janoza imomligiga loyiq kishi boshqa kishini imomlikka o‘tkazishi mumkin. 
6. Janozada imomlik qilishga haqqi bo‘lmagan kishi imomlikka o‘tsa, voliy qaytadan janoza o‘qishi 
mumkin.
7. Biroq u imomlikka loyiq bo‘lgan kishiga iqtido qilib o‘qigan bo‘lsa, qayta o‘qimaydi. Voliy 
janozani o‘qisa, undan so‘ng haqdorlar qayta o‘qimaydi. 
8. Imomlikka loyiq kishi mayit tirikligida jano-zamni o‘qisin, deb vasiyat qilgan kishisidan 
ustunroqdir. 
9. Janoza o‘qilmasdan ko‘milgan mayit hali yorilib ketmagan bo‘lsa, yuvilmagan bo‘lsa ham, qabr 
ustida janozasi o‘qiladi. 
Bir necha marhumning janozasini bir qilib o‘qish
 
1. Bir necha mayit to‘planib qolsa, janozalari alohida-alohida o‘qilishi yaxshiroqdir. Qaysi biri 
avval kelgan bo‘lsa, shunisi birinchi o‘qiladi.
2. Teng kelib qolsa, oldin eng fazilatli kishining janozasi o‘qiladi. Qolganlarning janozasi ham 
fazilatiga ko‘ra, navbat bilan o‘qiladi. 
3. Imom bir necha mayitning janozasini birdaniga o‘qimoqchi bo‘lsa, har bir mayitning ko‘ksi 
imomning ro‘parasiga to‘g‘rilab qo‘yilgan holda saf qilinadi. Keyin janozalari o‘qiladi. 
Bu xususda ham tartibga rioya qilinadi: imomga yaqin joyga erkak, keyin o‘g‘il bola, so‘ngra 
xunasa, keyin ayol mayit qo‘yiladi va janoza o‘qiladi. 
Agar bir necha mayit (biror zarurat yuzasidan) bir qabrga ko‘miladigan bo‘lsa, janozada qo‘yilgan 
tartibning aksicha qo‘yiladi. Qibla tomonga erkaklar, o‘g‘il bolalar, keyin ayollar qo‘yiladi. 
Izoh: Bu o‘rinda fazilat (ustunlik) darajasi musulmonlarning mayit haqidagi fikriga ko‘ra 
aniqlanadi. Kishning qanday odamligini faqatgina Yaratuvchi Alloh yaxshi biladi, ammo tavalludidan 
to vafotiga qadar har turli islomiy va ijtimoiy munosabatlarda uning zohiriy faoli-yatiga ko‘ra hukm 
qilinadi. Agar hukmlarida yanglishsalar, bu holat kechirimlidir. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling