Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/138
Sana04.10.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1691644
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   138
Bog'liq
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

Mayitni dafn qilish


Nurul Izoh 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
76
1. Qabr odamning yarim bo‘yi yoki ko‘ksigacha yetadigan chuqurlikda qaziladi. Bundan ham 
chuqurroq bo‘lishi mustahabdir. 
2. Agar tuproq yaxshi bo‘lsa, faqat qabrni chuqur qazish bilan cheyutanmay, qibla tomonga lahad 
qilinadi, o‘yiladi. 
3.Mayit qiblaga qaratib qabrga qo‘yiladi. 
4. Qabrga qo‘yuvchi kishi "Bismillahi va ‘ala millati Rasulillahi", deydi. Ma’nosi: "Alloh nomi 
bilan va Payg‘ambarning shariatiga ko‘ra (tuproqqa qo‘ymoqdaman) ". 
5. Mayitning o‘ng tomonini qiblaga moyil qilib qo‘yiladi. 
6.Keyin kafanning bog‘lami yechiladi. 
7. Lahad og‘zi xom g‘isht bilan yo qamish kabi o‘simliklar bilan yopiladi. 
8. Pishgan g‘isht va taxta bilan lahad og‘zini yopish makruhdir (chunki bu narsalarga tiriklarning 
ehtiyoji ko‘proq). 
9. Mayit ayol kishi bo‘lsa, qo‘yilayotganida usti to‘sib turiladi. 
10. Lahad og‘zi yopilgach, tuproq tashlanadi. 
11. Qabrning usti to‘rtburchak shaklida emas, tuyaning o‘rkachi kabi tepacha qilinadi. 
12. Qabrning ustini bezash uchun bino qurish haromdir. 
13.Qabr mustahkam bo‘lishi uchun bino qilish makruhdir. 
14.Mayitni uyga ko‘mish makruh, chunki bu hol faqat Payg‘ambarlarga xosdir. 
15.Mayitni baland, bir necha jasad sig‘adigan qilib qurilgan joyga ko‘mish makruhdir. 
16.Zarurat yuzasidan bir necha jasadni bir qabrga ko‘mishning zarari yo‘q. Faqat har birining orasi 
tuproq bilan to‘silishi kerak. 
Dengizda o‘lgan kishi
Dengizdagi kemada o‘lgan musulmon kishining jasadi sohil uzoqligi va mayitning buzilishidan 
qo‘rqilgani bois yuvilib, kafanga o‘ralib, janozasi o‘qiladi va dengizga tashlanadi. Dengiz tubiga 
cho‘kib ketishi uchun jasadga og‘ir narsa bog‘lab, suvga tashlash joiz. 
Mayitni ko‘chirish
Mayitni o‘lgan yo o‘ldirilgan joydagi yaqin qabriston-ga ko‘mish mustahabdir. 
Uni bir yoki ikki mil (taqriban 1885 m.) uzoqlikka olib borib ko‘mishning zarari yo‘q. 
Bundan uzoqqa olib borish karohatli. 
Dafn qilingan mayitni qabrdan chiqarib, boshqa joyga ko‘chirish joiz emas. Biroq (egasining 
ruxsatisiz) majburlab olingan joyga dafn qilinganida yoki (mayit yoky uning merosxo‘ri sotib olgan 
yer) shuf’a yo‘li bilan boshqa kishining moli bo‘lib, (jasadning u yerda qolishiga rizolik berilmagan 
holda) mayitni u yerdan olib, boshqa joyga ko‘mish joiz va zarur. 
Mayit (hech kimning mulki bo‘lmagan joyda) boshqa kishi uchun (qazib) tayyorlab qo‘yilgan 
qabrga ko‘milsa, qabr qazishning haqini to‘lash sharti bilan qabrdan chiqarilmaydi. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling