Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh
- Bu sahifa navigatsiya:
- Takrorlash uchun savollar
Shahidning hukmi
Ahli sunnat val jamoa mazhabiga ko‘ra, o‘ldirilgan kishi o‘z ajali bilan o‘lgandir. Kimlarni shahid deyish mumkin? Jang maydonida kofir dushmanlar, hukumatga qarshi bosh ko‘targan osiylar, yo‘lto‘sarlar o‘ldirgan, yo kechqurun uyiga kirgan o‘g‘ri tosh kabi narsa bilan bo‘lsa-da, urib o‘ldirgan, jang maydonida jarohat bilan o‘lik jasadi topilgan odamlar shahiddirlar. Bir musulmon kishi tomonidan keskir qurol bilan qasd qilib, nohaq o‘ldirilgan musulmonlar ham shahid hisoblanadi. Yuqorida sanab o‘tilganlar bolig‘, hayz, nifos, junubdan pok bo‘lib, hayotdan naf’ ko‘rmay, joni uzilgan bo‘lsa shahid hisoblanadilar. 1. Shahidlarning qonli kiyimi yechilmay, jasadi yuvilmay janozasi o‘qiladi. 2. Kafanlikka yaramaydigan dubulg‘a, zirh, qurol-yarog‘ kabi narsalar yechib olinadi. 3. Sunnatga muvofiq kafanning kamchiligi to‘ldiriladi, ortiqchasi olib qo‘yiladi. 4. Shahidning ustidagi kiyimlarini butunlay yechib olish yoki uni boshqa kafanga o‘rash makruhdir. 5. Junublar, bolalar, jinnilar, hayz va nifos ko‘rayotgan ayollar o‘ldirilgan bo‘lsa, yuviladi. 6. Jang tugaganidan so‘ng, yarador holatida yeyish, ichish, uxlash, davolanish yoki hushi joyidaligida bir namoz vaqti qadar muddat o‘tsa, (oyoq ostida tepkilanib ketmasligi uchun emas, balki boshqa qandaydir sabab bilan) jang maydonidan boshqa joyga ko‘tarib chiqilsa, vasiyat qilish, savdo- sotiq (oldi-berdi) qilish, ko‘P gapirish kabi dunyo ishlarini ado etib jon taslim qilganlar ham yuviladi. 7. Ammo jang tugamasidan yuqorida zikr etilganlarning joni uzilgan bo‘lsa, jasadi yuvilmaydi. 8. O’ch, qasos uchun o‘ldirilgan, shaharda topilgan qotili noma’lum jasad yuvib, janozasi o‘qiladi. Takrorlash uchun savollar Quyidagi savollarni o‘ylab ko‘ring va javob bering. 1. O’lim to‘shagida yotgan bemor oldida nima ishlar qilinadi? Joni uzilganidan so‘pg pima ishlar qilinadi? Nurul Izoh www.ziyouz.com kutubxonasi 78 2. Mayit qanday yuvilishini. mayitning kafanini ki.m tayyorlashini aytib bering. Erkaklar va ayollar uchun kafanlarning shar’iy o‘lchovi va shaklini aytib beripg. 3. Janoza namozining hukmi, ruknlari, sunnatlarp, shartlari, janoza imomligiga loyiq kishi kimligi, janoza namozi qanday o‘qilishini aytib bering. 4. Vir paytning o‘zida bir necha janoza to‘planib qolsa, qanday o‘qiladi? Bolalar va chaqaloqlarning janozasi qapday o‘qiladi? 5. Musulmon bo‘lmagan qarindoshn, yaqini o‘lganida musulmon kishi nima qiladi? Yo‘lto‘sar va shahardagi bosqinchi (o‘g‘ri) janozasy qachon o‘qiladi? O’zini o‘ldirgan va ota-onasining qotili (padarkush) bo‘lganlar janozalarining hukmi nima? 6. Tobutdagi ko‘tarib yurish, kuzatish va ko‘mish tartiblarini aytib bering. Oddiy qabr bilan avvaldan ajratib, atrofi o‘ralgan oila qabristoni o‘rtasidagi farqni, qabrning ustiga devor qurish, qabr devoriga yozuv yozish va bir qabrga bir necha mayit ko‘mishning hukmlarini aytib bering. 7. Quruklikdan juda uzoqda (dengiz, ummon o‘rtasida) bo‘lgan kemada o‘lgan kishi nima qilinadi? Mayitni (o‘lgan joyidan boshqa joyga) ko‘chirishning, qabrni qazib, o‘likni chiqarishning hukmini ayting. 8. Qabristonni ziyorat qilishning hukmi nima? Ziyorat paytida mustahab (yaxshi) va makruh bo‘lgan harakatlarni aytib bering. 9. Shahidning qanday kafanlanishini, yuvilishini, Qanday holatda yuvilmasligini aytib bering. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling