Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc


RAMAZON OYINING KO‘RINISHI


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/138
Sana04.10.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1691644
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   138
Bog'liq
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

RAMAZON OYINING KO‘RINISHI 


Nurul Izoh 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
81
 
Shubhali kun Ramazon qanday sobit bo‘ladi? 
1. Hilolning ko‘rinishi bilan Ramazon boshlanadi. 
2. (Osmon bulutli bo‘lib) hilol ko‘rinmasa, Sha’bon oyi 30 kunga to‘lganidan so‘ng Ramazon 
boshlanadi. 
3. Yavmi shak (shubhali kun) Sha’bonning 29-kunidan so‘ng kelgan va havo bulutli bo‘lgani uchun 
Sha’bonning oxirga kunimi yoki Ramazonning birinchi kunimi, aniqlab bo‘lmaydigan kundir. 
4. Yavmi shakda har turli ro‘za makruhdir. Biroq niyat qilinganida taraddud ko‘rsatilmay tutilgan 
nafl ro‘za makruh emas. Ya’ni, bu kunda "Ramazonning birinchi kuni bo‘lsa, Ramazon ro‘zasi, 
bo‘lmasa nafldir" tarzida niyat qilib ro‘za tutmaslik kerak. 
5. Nafl niyati bilan tutilgan ro‘za shu kun Ramazon boshlangan bo‘lsa, Ramazon ro‘zasi hisobiga 
o‘tadi. 
6. Shak kunida taraddudli niyat bilan, ya’ni Ramazon bo‘lsa, ro‘zadorman, bo‘lmasa ro‘zador 
emasman, deb ro‘za tutsa, bu Ramazon ro‘zasi hisobiga o‘tmaydi. 
7. (Ramazondan oldin) Sha’bon oyining oxirida bir yoki ikki kun ro‘za tutish makruhdir. 
8. Ikki kundan ko‘proq ro‘za tutish makruh emas. 
9. Muftiy shak kunida ommaning (niyat qilish muddati tugaguncha) niyat qilmasdan, (yeb-ichmay) 
kutishlarini, niyat qilish mumkin bo‘lgan paytgacha ro‘za (ya’ni bu kun Ramazondan ekanligi) 
aniqlanmasa, bu niyatsiz ro‘zani ochishni buyuradi. 
10. Muftiy, qozi va shak kunida niyat qilishni bilgan kishilar shak kuni ro‘za tutadilar. 
Oyni ko‘rish
1. Kishi Ramazon yoki Shavvol oyini yolg‘iz o‘zi ko‘rib, xabar bersa-yu, bu xabari qabul 
qilinmasa, ko‘rgan oyi Ramazonniki ekaniga qanoat hosil qilsa, ro‘za tutadi. 
2. Shavvol oyini aniq ko‘rsa-da, ro‘zani ochishi joiz emas. 
3. Har ikki holatda keltirgan xabari qozi tomonidan rad qilinmasdan oldin ro‘za tutmagan yo 
ochgan bo‘lsa, bu kunlarni qazo qiladi, kafforat vojib bo‘lmaydi. 
4. Havo bulutli yoki chang bo‘lgan paytda, to‘g‘riso‘z kishining yoki mastur (na yolg‘onchi va na 
to‘g‘riso‘zligi ma’lum) kishining hilolni ko‘rganlik xabari (qozi tomonidan) qabul qilinadi. 
5. Yakka kishi Ramazon oyini ko‘rgani haqida unga o‘xshash boshqa kishi guvohlik bersa, u ayol, 
qul yoki iffatli ayolga tuhmat qilib, shar’iy jazo olgan odam bo‘lsa ham, guvohligi (qozi tomonidan) 
qabul qilinadi. 
6. "Oyni ko‘rganimga guvohlik (shohidlik) beraman", deyish shart emas. 
7. Havo bulutli bo‘lganida, ikki ozod erkak yoki bir ozod erkak ikki ozod ayol kishining, Shavvol 
hilolini ko‘rish xabarini guvohlik lafzi bilan aytishi shart. Shunda ularning xabari qabul qilinadi. 
8. Havo ochiq bo‘lsa, Ramazon va Shavvol hilollarini ko‘p kishilarning ko‘rishi bu oylarnig 
boshlanishiga shart qilinadi. 
9. Oyni ko‘ruvchi kishilar miqdorini belgilash tegishli joydagi imomning vazifasidir. 
10. Bir kishining guvohligi bilan tutilgan Ramazon ro‘zasi 30 kun tutilsa ham, havo ochiq 
bo‘lganida yangi oy, ya’ni Shavvol oyi ko‘rilmasa, hayit qilinmaydi. 
11. Ikki to‘g‘ri so‘z kishining guvohligi bilan tutil-gan ro‘za muddati tugab, yangi oy ko‘rilmasa, 
hayit qilish-qilmaslik ixtiloflidir. 
12. Ramazon kunlari to‘lib, havo bulutli bo‘lib turgan holatda, yakka kishi guvohligida boshlangan 
bo‘lsa ham, hayit qilishning halolligiga ixtilof yo‘qdir. Zulhijja hilolini ko‘rish hukmi Shavvol hilolini 
ko‘rish hukmi kabidir. Boshqa oylarning sobit bo‘lishi uchun ikki to‘g‘ri so‘z erkakning yoki zino 
qilganliqda ayblanib, shar’iy jazo olmagan bir ozod kishi va ikki hur ayolning guvohligi shart. 


Nurul Izoh 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling