Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh
Qabrni ochishnish hukmi
Mayit bilan birga unutib ko‘mib yuborilgan molni (narsa, ashyo) olish, haqsizlik bilan olingan kafanni almashtirish, mayitning oldida qolib ketgan buyumni chiqarib olish uchun qabr ochilishi mumkin. Jasadning yuzi qiblaga qaratib qo‘yilmagani uchun qiblaga qaratib qo‘yish yoki chap yoni bilan yotqizilgani bois o‘ng tomoniga to‘g‘rilab qo‘yish maqsadida qabr ochilmaydi. Nurul Izoh www.ziyouz.com kutubxonasi 77 Qabr ziyorati Ibratuchun qabrziyorati mustahabdir. Ziyoratchining Yosip surasini o‘qishi ham mustahab. Izoh: Chunki hadisda "Kim qabriaponda Yosin-i sharif o‘qisa, (savobini qabr ahliga baxshida qilsa), u yerda ko‘milganlarning shu kungi azobini yengillatadi va o‘qigan odamga ularning soni miqdorida savob yoziladi ", deyilgan. Quyidagilar makruhdir: —qabr ustida uxlash; —qabr ustida tahorat buzish; —qabristonning daraxt va o‘tlarini yulib tashlash. QKurigan buta, o‘t-o‘lan daraxtlarni yulib tashlashning zarari yo‘q. Sahobalardan Anas, roziyallohu anhu, Payg‘ambarimizdan: "Biz o‘liklar nomidan sadaqa beramiz, haj qilamiz, ularga duo yo‘llaymiz. Bu qilganlarimizning savobi ularga yetarmikin?" deb so‘radi. Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam: "Albatga yetib boradi, ular sovg‘alaringizni olganida xuddi (hamma yoqtiradigan noz-ne’matlar to‘la) patnisni olgan kishiday suyunadilar", deganlar. Zotan, ahli sunnat val jamoa mazhabiga ko‘ra, har musulmonning namoz, ro‘za, haj, Qur’on o‘qish va shularga O’xshash har turli ibodatlar savobini o‘tganlarga baxshida Qilishi o‘rinli ishdir. Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi vasallam: "Kishi qabristonga borib, u yerda "Ixlos" surasini 11 marta o‘qib, savobini o‘tganlarga bag‘ishlasa, qabristonda yotganlar soniga teng gunohlari kechiriladi", deb marhamat qilganlar. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling