Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/138
Sana04.10.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1691644
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   138
Bog'liq
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

Kofir va osiylar
1. O’lgan kofirning (musulmon qarindoshlari bo‘lsa, uni (kofirni) jirkanch (iflos, isqirt) narsa 
(buyum) kabi yuvib, matoga o‘rab, chuqurga tashlaydi yoki qavmiga beradi); 
2. Hukumatga qarshi g‘alayon qilib, to‘qnashuv chog‘ida o‘ldirilgan g‘alayonchilarning; 
Izoh: Bu hukm xalqning manfaatini ko‘zlagan, to‘g‘ri yo‘ldan ozmagan, mashru hukumatga 
isyonchi bo‘lganlar uchundir. G’ayri-mashru hukumatga isyon qilish jihod hisoblanadi. 
3- Qurolli to‘qnashuvda o‘lgan yo‘lto‘sarlarning; 
4. Yovuzlik bilan kishilarni bo‘g‘ib o‘ldirib yuruvchilarning
5. Shaharda kechasi qurol ko‘tarib, kishilarning yo‘lini to‘suvchilarning; 
6. Mahalliychi, mutaassibligi sababli intiqom (qasos) va qon da’vosida harakat qilayotgan paytda 
o‘ldirilganlarning (yuvilsalar ham), janozalari o‘qilmaydi. 
Ota-ona qotili va o‘ziga o‘zi suiqasd qilgan kishi
O’zini o‘zi o‘ldirgan kishi yuviladi va namozi o‘qiladi. Faqat musulmon ota-onadan birini, agar u 
yo‘lto‘sarlik qilmayotgan va dushmanlarga qo‘shilib urushmayotgan bo‘lsa, qasd qilib o‘ldirgan 
kishining namozi (janozasi) o‘qilmaydi. 
 Tobutni olib borish va mayyitni ko‘mish
1. Tobutni qabristonga olib borishda, to‘rt tomonidan to‘rt kishi yelkasiga ko‘tarishi sunnatdir. 
2. Tobutning avvalo bosh tomonidan oladi, so‘ngra oyoq tomonidan o‘ng yelkada ko‘tarish kerak. 
Keyin chap tomoniga o‘tib, avval bosh, so‘ngra oyoq tomonidan chap yelkada ko‘tariladi. Har 
tomondan o‘n qadamdan, jami qirq qadam ko‘tarib yurish mustahabdir. 
Izoh: Negaki Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam: "Kim tobutni qirq qadam ko‘tarsa, 
qirqta katta gunohlari o‘chiriladi (kechiriladi) ", deb marhamat qilganlar. 
3. Tobutdagi jasadni tebratib yubormaslik sharti bilan, olib ketilayotganida tez yurish mustahabdir. 
Izoh: Buhaqda Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi vd sallam: "Tobutni qabriga olib borishda tez 
yuring (shoshiling). Chunki mayit yaxshi odam bo‘lsa, uni kutib turgan mukofotlarga tezroq yetkazish 
o‘rinlidir, agar mayit yomon odam bo‘lsa, uni yelkalaringizdan tezroq tushirib, qutulganingiz 
yaxshidir", deganlar. 
4. Tobut ortidan ergashishning undan oldinda yurishdan afzalligi xuddi farz namozning nafl 
namozdan ustunligi kabidir. 
5. Tobut olib ketilayotganida baland (jahriy) ovoz bilan zikr qilish makruhdir. 
6. Qabristonda tobut yerga qo‘yilmasidan oldin o‘tirish ham makruhdir. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling