Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/138
Sana04.10.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1691644
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   138
Bog'liq
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

www.ziyouz.com kutubxonasi 
73
Shartlari
 
Janoza namozining boshqa namozlardan farqli oltita sharti bor: 
1. Mayitning musulmon bo‘lishi. 
2. Mayitning (va u qo‘yilgan joyning) toza bo‘lishi (mayit jamoat oldiga qo‘yilganida xuddi imom 
kabidir, ham o‘zi, ham o‘rni toza bo‘lishi kerak). 
3. Mayitning jamoat oldida bo‘lishi. 
4. Jasadning bus-butun holda yoki ko‘p qismi yoki boshi bilan tanasining yarmi mavjud bo‘lishi. 
5. Janoza o‘quvchining, agar uzri bo‘lmasa, o‘tirgan va (biror ulovga) mingan bo‘lmasligi. 
6. Janozaning yerga qo‘yilishi. Mayitni qo‘lda ko‘tarib yoki ulov ustida turgan holida janoza 
o‘qilishi, yer juda iflos bo‘lmasa, joiz emas. 
Izoh: Janoza namozini boshlashdan oldin imom agar mayit erkak bo‘lsa, "Erkak kishi niyatiga” , 
ayol bo‘lsa, "Xotin kishi niyatiga ", bola bo‘lsa, "O’g‘il bola niyatiga " yoki qiz bo‘lsa, "Qiz bola 
niyatiga" deb baland ovoz bilan aytib qo‘yishi, muazzin orqa safga yetkazishi lozim. 
Janoza namozining sunnatlari
 
Janoza namozida to‘rtta sunnat bor: 
1. Mayit ayol yoki erkakligidan qat’i nazar, imomning ko‘kragining to‘g‘risida turishi. 
2. Ilk takbirdan so‘ng sano o‘qish. 
3. Ikkinchi takbirdan keyin salavot (namozdagi "Tashahhud"dan keyingi salavotlar) o‘qilishi. 
4. Uchinchi takbirdan keyin mayyit haqqiga duo qilish. 
Janoza namozida mayit haqqiga duo 
Mayit uchun belgilangan duo yo‘qdir. Biroq ushbu duoni o‘qish yaxshidir. 
Allohummag‘firli hayyina va mayyitina va shahidina va g‘o'ibina va sog‘iyrina va kabiyrina 
va zakarina va unsana. Allohumma man ahyaytahu minna faahyihi ‘alal Islam. Va man 
tavaffaytu minna fatavaffahu ‘alal iyman. 
Ma’nosi: 
"Ey Rabbim! Tirigimizni va o‘ligimizni, bu yerda bo‘lganlarni va bo‘lmaganlarni, kichiklarimizni 
va kattalarimizni, erkak va ayollarimizni kechirgin. Allohim, Bizdan tug‘ilajak yangi nasllarni Islom 
dinida dunyoga keltir. Ajali yetib hayotdan ko‘z yumadiganlarning jonlarini imonli hollarida olgin ". 
5. To‘rtinchi takbirdan keyin duo qilmay, salom beriladi. 
6. Birinchi takbirdan boshqa takbirlarda qo‘llar ko‘tarilmaydi. 
7. Imom (yanglishib), besh takbir aytsa, jamoat iqtido qilmay, salom berishini kutadi. 
8. (Balog‘atga yetmagan) bolalar va jinnilar uchun gunohlari kechirilishini so‘rab janoza duosi 
yo‘q, chunki ular begunohdirlar). 
9. Kichkina bolalar uchun: "Allohummaj’alhu lana faratan vaj’alhu lana ajran va zuhran 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling