Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/138
Sana04.10.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1691644
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   138
Bog'liq
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

www.ziyouz.com kutubxonasi 
79
RO‘ZA KITOBI 
 
Ro‘za, qodir bo‘lgan kishining niyat qilib, subhi so-diqdan kun botgungacha, qasddan yoki 
yanglishib yeb-ichishsh dan va jinsiy aloqadan tiyilishidir. 
Ramazon ro‘zasining farz bo‘lish sababi
Ro‘zaning farz bo‘lish sababi ro‘za tutiladigan oyda yo uning bir qismida hozir bo‘lishdir. 
Ramazonning har bir kuni o‘sha kunning ro‘zasini tutish farz bo‘lishining sababidir. 
Hukmi va farz bo‘lilishning shartlari
Quyidagi uchta shart mavjud bo‘lgan kishiga Ramazonning ro‘zasini vaqtida tutish, agar tuta 
olmagan bo‘lsa, uning qazosini tutish farz bo‘ladi: 
1. Musulmon, 
2. Aqlli, 
3. Balog‘atga yetgan bo‘lishi. 
Ro‘za tutishiing vojib bo‘lish shartlari
1. Ro‘za tutishga mone’ bo‘ladigan darajada og‘ir kasal bo‘lmaslik. 
2. Hayzdan pok bo‘lish. 
3. Nifosdan pok bo‘lish. 
4. Muqim bo‘lish. 
Ro‘za tutishning durust bo‘lish shartlari uchta
1. Ro‘za tutishni niyat qilish. 
2. Ro‘zani buzadigan amallar qilmaslik. 
3. Hayzda, nifosda bo‘lmaslik. 
Rukni
 
Ro‘zaning rukni qorin va jinsiy a’zolarning istagini yoki bularnint istaklari hukmida bo‘lgan 
ishlarni qilishdan, bajarishdan saqlanishdir. 
Ro‘za tutish natijasi
Farzni bo‘ynidan soqit qilish va oxiratda ajr-savobga ega bo‘lish. 
Ro‘zaning sifati va qismlari
Ro‘za quyidagi qismlarga bo‘linadi: 1.Farz. 
2. Vojib. 
3. Nafl 
4. Makruh. 
1. Farz bo‘lgan ro‘za. 


Nurul Izoh 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
80
Ramazon ro‘zasining adosi va qazosi, kafforat ro‘zalari, nazr ro‘zalari. 
Izoh: Kafforat ro‘za tutishni farz qiladigan asosiy holatlar: Ramazon ro‘zasini bilib turib buzish
odam o‘ldirish, zihor, ya’ni kishining o‘z xotinini yoki uning bir a’zosini onasiga yoki onasining o‘sha 
a’zosiga o‘xshatishi. Bu uchta holat uchun tanaffussiz ikki oy ro‘za tutish kerak. Qasamni buzgani 
uchun uch kun, hajda ihromda bo‘lib ov qilsa, o‘ldirilgan hayvon jinsiga ko‘ra, turli miqdorda ro‘za 
tutiladi. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling