Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/138
Sana04.10.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1691644
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   138
Bog'liq
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

www.ziyouz.com kutubxonasi 
82
 Oy (hilol)
Bir o‘lkada oy ko‘rilishi, boshqa o‘lkalarda ham ro‘za tutishni farz qiladi. Fatvo shunga ko‘radir. 
Ulamolarnint ko‘pchiligi shu fikrdalar. 
Tushdan oldin yo tushdan keyin ko‘rilgan oy o‘tgan kecha-ga emas, keyingi kechaga tegishlidir. 
Ro‘zani buzmaydigan narsalar  
Ular yigirma uchtadir: 
1. Ro‘za tutganini unutib, taom yeyish. 
Izoh: Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va samam "Ro‘zador kishi ro‘zasi esdan chiqib biror 
narsa yeb qo‘ysa, yegani Alloh bergan rizqidir, qazo qilmaydi ", deganlar. Taom yeb, turgan holatida 
ro‘zadorligi esiga tushsa, yeyishini to‘xtatadi, og‘zidagi luqmani chiqarib tashlaydi. Ro‘zasi esiga 
tushganida ham, yeyishda davom etsa yoki og‘zidagi luqmani chaynayversa, bunga kafforat lozim 
bo‘ladi. Ro‘zadorning jinsiy aloqa qilishining hukmi shu kabidir. 
2. Ro‘zadorligini unutgan holda ichimlik ichish, jinsiy aloqa qilish. 
3. Ro‘zadorligini unutib ovqat yeyotgan kishi iftorgacha chiday olmas darajada och yoki tashna 
bo‘lsa, unga ro‘za tutgani eslatilmaydi. Iftorgacha sabr qilishga kuchi yetishi aniq bo‘lsa, ro‘zadorligi 
eslatiladi. 
4. Erkak yoki ayolning shahvat qo‘zg‘aydigan joyga tikilib qolib, shahvat suvi chiqishi. 
5. Shahvat qo‘zg‘ovchi narsalarni (uzoq) o‘ylab qolib, shahvat suvi chiqishi. 
6. Sochga yog‘ (rang) surish. 
7. Surma qo‘yish yoki ko‘zga rang surish, garchi surilgan narsaning ta’mi sezilsa ham. 
8. Qon oldirish. 
9. G’iybat qilish. 
10.Ro‘zani buzishga niyat qilib, buzmaslik. 
11.O’zi xohlamagan holda tutun yutishi. 
12.Tegirmon (un) changi bo‘lsa ham, tomoqdan o‘tishi. 
13.Tomoqdan pashsha yoki chivin o‘tib ketishi. 
14.Og‘izda qolgan biror narsaning ta’mini tupugi bilan yutish. 
15.Ertalab ehtilom bo‘lib uyg‘onish, hatto kechqurungacha junub holida qolsa ham. 
16.Zakariga yog‘ surIsh. 
17.Quloqdan suv kirib ketishi. 
18. Qulog‘ini kavlagan cho‘pdagi kirni olib, yana shu cho‘p bilan quloq kavlash. 
19. Burun suvini (manqa) tortib, ichga yutish. 
20. Og‘iz to‘la kelib, keyin ichga qaytib ketgan qusuq. 
21. Barmog‘ini tomog‘iga tiqib og‘iz to‘lmaydigan holda qusish. 
22. Tishlar orasida qolgan no‘xatdan kichikroq narsani yutish. 
23. Og‘izga sedana, kunjut kabi kichik narsalarni solib, ta’mi yo‘qolib ketgunicha yutmay chaynash. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling