E’tikofdagi odam qiladigan ishlar
1. E’tikofga kirgan odam masjidda yeydi, ichadi, uxlaydi. O’zi yo oilasining ro‘zg‘orini tebratish
uchun molni masjidga kiritmay oldi-berdi bilan igug‘ullanishi mumkin.
2. Masjidga matoni olib kirish;
3. Muhtoj bo‘lmagan narsa bilan savdo-sotiq qilish;
4. Ibodat va toat bo‘lishiga ishonib, tafakkur qilmay shunchaki sukut saqlab o‘tirish;
5. Xayrli bo‘lmagan, har qanday befoyda suhbat qurish makruhdir.
6. Jinsiy aloqa va shunga undovchi har qanday harakat Haromdir.
7. Jinsiy aloqa va shunga undovchi harakatlar e’tikofni buzadi.
Kecha va kunduzlari e’tikof
1. Kishi bir necha kun e’tikof o‘tirishni nazr qilgan bo‘lsa, kechalar ham bu nazrga kiradi.
2. Kishi bir necha kechalarda ketma-ket e’tikof qilishni Nazr qilgan bo‘lsa, kunduzlari ham e’tikof
o‘tirishi lozim.
3. Ikki kun e’tikof o‘girishni nazr qilgan kishi ikki kechada ham e’tikofda bo‘lishi lozim (bu holda
e’tikofni kechasidan boshlaydi).
4. Kechalarni istisno qilib, faqat kunduzlari e’tikof o‘tirishni niyat qilish joizdir.
5. Agar kishi bir oy e’tikofni nazr qilib, bunda faqat kunduzlari yoki faqat kechalarini qalbida niyat
qilsa, tili bilan aytmaguncha, qalbida qilingan niyati durust bo‘lmaydi.
E’tikofning mashru’ligi (joizligi)
E’tikof Kitob va sunnat bilan mashru’ bo‘lgan. Ixlos bilan ado etilgan e’tikof amallarning eng
sharaflilaridandir. E’tikofga kiruvchi o‘z qalbini dunyo ishlari, o‘ylari, tashvishlaridan to‘xtatib, nafsini
mavlosiga taslim qiladi. Islom olimlaridan Atoulloh (Alloh rahmat qilsin) deydilar: "E’tikofga kiruvchi
katta darvoza oldida bir iltijo yoki tilak so‘rab, yolvorib kutgan, Rabbim meni avf etmaguncha, bu
eshikdan ketmasman, demoqchi bo‘lgan kishi kabidir".
Nurul Izoh
www.ziyouz.com kutubxonasi
89
Do'stlaringiz bilan baham: |