Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc


Bajarilishi shart bo‘lgan nazr qilingan namoz va ro‘za


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/138
Sana04.10.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1691644
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   138
Bog'liq
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

Bajarilishi shart bo‘lgan nazr qilingan namoz va ro‘za 
Quyidagi uch shart bo‘lsa, nazrga vafo qilish lozimdir. 
1. Nazr qilingan amal vojib amal bo‘lsin. 
2. Nazr qilingan amal vasila, ya’ni tahorat kabi bir amal uchun shart bo‘lgan amal bo‘lmasin. 
3. Nazr qilingan amal aslida adosi farz bo‘lgan amal bo‘lmasin, besh vaqt namoz, Ramazon ro‘zasi 
kabi. 
Binobarin, bemorni ziyorat qilishi, tilovat sajdasi Qilishni, tahorat qilishni nazr qilish bilan ularning 
adosi lozim bo‘lmaydi. 
Qul ozod qilishi, e’tikofga kirishni, nafl namoz o‘qishni, nafl ro‘za tutishni nazr qilishi durust. 
Bir shartga bog‘liq bo‘lmagan yoki shartga bog‘liq bo‘lgan (ya’ni, "o‘g‘lim harbiy xizmatdan 
qaytsa, qo‘y so‘yaman" kabi) nazr shart sodir bo‘lganida bajarilishi lozimdir. 
Ikki hayit kunlarida ro‘za tutishni nazr qilish durustdir. Faqat tutsa, u kunlarda tutmay, boshqa 
kunda tutish kerak. U kunlarda tutsa nazr bajariladi, ammo ro‘za tutgan gunohkor bo‘ladi. 
Nazr aynan belgilangan vaqtda, makonda, pulda, aytilgan kambag‘aldan boshqa vaqtda, makonda, 
pulda va boshqa kambag‘alga berilsa ham nazr ado etilgan bo‘ladi. Ya’ni: 
—Sha’bon oyida ro‘za tutishni nazr qilib, Rajab oyida tutish; 
—Makkada o‘qishni nazr qilgan ikki rakat nafl namozni Misrda o‘qish; 
—tayinlangan pulning o‘rniga (o‘sha miqdorda) boshqa pulni sadaqa qilish
—faqir Ubaydullohga atalgan nazrni kambag‘al Abdullohga berish joizdir. 
Nazr qilish shartga bog‘liq bo‘lganida, shart sodir bo‘lmasidan oldin ado etilsa, o‘ringa o‘tmaydi. 
E’tikof
Erkaklar, jamoat bilan besh vaqt namoz o‘qiladigan amaldagi jome’ masjidida, e’tikof (ibodati) 
niyati bilan e’tikofga o‘tiradilar. Besh vaqt jamoat bo‘lib namoz o‘qilmaydigan masjidda e’tikof 
niyatida o‘tirish sahih emas. Ayolning e’tikof o‘rni uyning namoz o‘qiladigan joy: yoki burchagidir. 
E’tikof turlari
E’tikofning hukmiga ko‘ra, uch turi bor: 
1. Nazr qilinganida vojib. 


Nurul Izoh 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
88
2. Muakkad (kifoya) sunnat. Ramazonning so‘nggi o‘n kunida ba’zi musulmonlarning bajarishi 
bilan boshqalardan soqit bo‘ladigan sunnat. 
3. Bu ikkisidan boshqasi mustahab. 
Ro‘za faqat nazr qilingan e’tikofning shartidir. Nafl e’tikofning vaqti va muddati tayin emas, qisqa 
bir muddat e’tikof niyati bilan masjidda yurish ham e’tikofdir. 
E’tikofga kirgan kishi faqat: 
1. Shar’iy amal uchun, masalan, juma namoziga; 
2. Hojat chiqarish uchun
3. Zaruriy holatda, masalan, masjid buziladigan bo‘lsa; 
4. Zolimning majburlashi bilan; 
5. Masjid jamoatining tarqalib tugagani uchun; 
6. Zolimlarning mol va joniga zarar berishlaridan qo‘rqish kabi majburiy sabablar tufayli masjiddan 
chiqishi mumkin. 
7. Bu sabablar sodir bo‘lgani uchun e’tikofga kirgan kishi masjiddan chiqsa, tezda masjidga qaytishi 
yo boshqa masjidga kirib e’tikofini davom ettirishi darkor. 
8. Hech qanday zaruriy sabab bo‘lmasa-yu, (bir zumga bo‘lsa ham) tashqariga chiqsa, vojib e’tikof 
buziladi, sunnat yoki mustahab bo‘lsa, tugaydi. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling