Nurul Izoh
www.ziyouz.com kutubxonasi
90
ZAKOT KITOBI
"Zakot" so‘zi lug‘atda bir necha ma’noni ifoda qiladi. Bulardan eng muhimlari:
poklanish, ortish,
rivojla-nish. Istilohda esa belgilangan mikdordagi molni ma’-lum shartlarga binoan, uni olishga haqdor
bo‘lgan kishiga berishdir.
Hukmi, farz bo‘lishi va hikmati
Zakot qat’iy farz amal bo‘lib, Islomning besh asosiy ruknlaridan biridir. Zakot hijratning ikkinchi
yili farz qilindi. Uning yuksak va beqiyos hikmatlaridan asosiylari quyidagilardir:
1. Boylarni najot topganlardan bo‘lishlari uchun
baxillik kasalidan poklash, ularni foydali ishlarga
o‘rgatish. Chunki Alloh taolo Hashr surasining to‘qqizinchi oyatida buyuradi:
"Kimki o‘z nafsining
baxilligidan saqlansa, bas, ana o‘shalar najot topguvchilardir" (mazmuni).
2. Faqir va
ojiz kishilarga yordam berish, shu orqali ojiz va muhtoj kishilarning dardlariga darmon
bo‘lish, ularning g‘am va qayg‘ularini yengillatish. Mana shu tarzda boylar bilan kambag‘allar orasida
hurmat muhabbat, birdamlik va mehr-shafqat paydo bo‘ladi va
yaxshilik kuchayadi.
Islom dunyosida asarlari buyuk ishtiyoq va zavq bilan o‘qiladigan Shayx Sa’diy "Bo‘ston"
kitobida
shunday yozadi: "Bir kun yo‘lda ketayotib, bir yigitni uchratib qoldim. Ortidan bir qo‘zi yugurib
kelmoqda edi. Men yigitga: "Qo‘zining ortingdan yugurishiga sabab senga bo‘lgan muhabbatimi",
dedim. Yigit darhol qo‘zining bo‘ynidan arqonni yechib yubordi va yana yugurishda davom etdi. Qo‘zi
ham egasining orqasidan qayoqqa burilsa, o‘sha tomonga yugurganini ko‘rib, juda hayratlandim. Yigit
bu
tomoshani bitirib, yonimga kelgach, shunday dedi: "Janob, uni mening ortimdan yugurtirgan arqon
emas, unga qilgan yaxshiliklarim bo‘ynidagi ma’naviy halqa kabidir. Shuning uchun ham orqamdan
kelmoqda. Bilasiz, fil shuncha bahaybat bo‘lsa ham, ko‘rgan yaxshiligi
tufayli egasiga aslo hujum
qilmaydi.
Ey yaxshi" inson! Qo‘lingdan kelsa, yomonlarga ham yaxshilik qil. Qo‘rmayapsanmi, qo‘lingdan
bir burda non yegan it ham sening sodiq qo‘riqching bo‘ladi... dedi".
3. Zakot tilanchilar hamda ishsizlar sonini kamaytiradi va shu tufayli jamiyatdagi jinoyatlar,
qabihliklar va tartibsizliklar yo‘qoladi. Chunki muhtoj bir kambag‘al och qolgach, jamiyatda
tartibsizliklar chiqarib, o‘g‘irlik qila boshlaydi. Ammo boylar tomonidan berilgan
zakot tufayli moddiy
ehtiyojini qondirsa, jinoyat qilishdan, boshqalarga zarar berishdan voz kechib,
foydali va xayrli
ishlarga kirishadi.
4. Zakot, boylarning juda katta mablag‘lar yig‘ib, kambag‘allarning iqtisodiy mahrum bo‘lishlari
natijasida yuzaga keladigan to‘ntarish kabi tartibsizliklardan jamiyatni himoya qiladi. Agar boylar
Alloh taoloning:
"Ular mol-mulklaridan so‘raguvchi va (mol-davlatdan) mahrum kishilar uchun
Do'stlaringiz bilan baham: